Olena Viktorovna Starikova (1996-yil 22-aprel, Xarkov) — ukrainalik velosportchi. 2020-yilgi olimpiya oʻyinlari vitse-chempioni, jahon va Yevropa chempionatlarining koʻp karra sovrindori.
Faoliyati Faoliyatidagi dastlabki medallarini 2010-yilda Ukraina chempionatida qoʻlga kiritgan. 2010-yildan 2017-yilgacha velotrekning turli yoʻnalishlari boʻyicha Ukrainaning koʻp karra chempioni boʻlgan.
2010-yil sentyabr oyida Xarkovdagi 1-sonli jismoniy tarbiya kollejida tahsil ola boshlagan. Sergey Tepisin murabbiyligida mashgʻulotlarga kirishgan.
2012-yilda veloshosse boʻyicha qizlar oʻrtasidagi jamoaviy bahslarda chempion boʻlgan.
2015-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida 500 metrga oʻtkazilgan poygalarda xalqaro miqyosdagi ilk medalini qoʻlga kiritgan.
2017-yilda Olena Starikova sprint boʻyicha jahon kubogini qoʻlga kiritgan.
2018-yildan beri Lvov klubi safida musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. right|thumb|230x230px| Starikova velotrek boʻyicha 2020-yilgi jahon chempionatida 2018-yil Glazgoda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatining jamoaviy sprint va 500 metrga oʻtkazilgan git bahslarida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.
2019-yil yanvar oyida Ukraina Milliy Olimpiya qoʻmitasi Starikovani oyning eng yaxshi sportchisi deb eʼtirof etgan. Oʻsha yili Olena jahon chempionati va Yevropa oʻyinlarining 500 metrga oʻtkazilgan git bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Yil oxirida esa Niderlandiyaning Apeldorn shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatining sprint bahslarida kumush va 500 metrga oʻtkazilgan git bahslarida bronza medaliga sazovor boʻlgan.
2021-yilda Starikova Tokiodagi yozgi olimpiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun Ukraina terma jamoasiga safiga chaqirilgan. 2021-yil 5-avgustda u keiring yoʻnalishida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. 2021-yil 8-avgustda sprint boʻyicha bahslarda ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritgan.
Davlat mukofotlari I darajali Malika Olga ordeni (2021-yil 16-avgust) II darajali Malika Olga ordeni (2021-yil 8-mart) III darajali Malika Olga ordeni (2019-yil 15-iyul)
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:22-aprelda tugʻilganlar Turkum:Ukrainada tugʻilganlar Turkum:Ayol sportchilar Turkum:Velopoygachilar