Antitila () — Ukrainada tuzilgan musiqiy guruh. Guruh tarkibi Taras Topoliya (vokal), Sergiy Vusik (klaviatura, badiiy rahbar), Dmitro Jolud (gitara), Dmitri Vodovozodov (baraban), Mixaylo Chirko (bas)dan iborat.
Tarixi 2007-yil bahorida guruh „Shans“ telekoʻrsatuvida „Ya ne zabudu pershu nich“ () nomli qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan. Guruh shouda gʻolib chiqa olmagan, biroq dastur efirga uzatilganidan soʻng bir hafta ichida „Ya ne zabudu pershu nich“ qoʻshigʻi guruhning rasmiy saytidan 30 000 dan ortiq marta yuklab olingan. Qoʻshiq bir nechta radiostansiyalar tomonidan ham qayta efirga uzatilgan.
2018-yilda Ukrainaning boʻlajak prezidenti Vladimir Zelenskiy guruhning LEGO nomli videoklipida ishtirok etgan.
Rossiya-Ukraina urushi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan sal oldin guruh hududiy mudofaa kuchlariga qoʻshilgan va 2014-yilda Qrim Rossiya tomonidan bosib olinganidan keyin koʻngillilar sifatida xizmat qilgan. 2022-yil mart oyida guruh Rossiya bosqinidan jabr koʻrganlar uchun mablagʻ yigʻuvchi „Ukraina uchun kontsert“ nomli xayriya konsertida masofadan turib chiqish qilish uchun murojaat eʼlon qilgan. Ularning murojaatida qoʻshiqchi Ed Sheeranga TikTok orqali xabar berilgani ham koʻrsatilgan. Guruh harbiylar bilan aloqadorligi sababli kontsertga joy berishdan bosh tortishgan. Bunga javoban Sheeran guruh bilan oʻzining „2step“ qoʻshigʻining remiksini yaratishda hamkorlik qilgan. Musiqiy video tomoshasidan tushgan daromad Ukrainada gumanitar yordam koʻrsatish uchun yaratilgan mablagʻ yigʻish loyihasi Music Saves UAga xayriya qilingan.
2023-yil 9-fevralda Antitila Youtubeʼda 14 milliondan ortiq koʻrishlar sonini qayd qilgan „Fortetsia Baxmut“ („Baxmut qal’asi“) qoʻshigʻiga videoklipni chiqargan.
2023-yil 25-mayda guruh ikki tilda (ukrain va ingliz) „My Falcon“ trekini taqdim etgan va qoʻshiq nemis-fin kompyuter oʻyinining "Death from Above" saundtrekiga aylanganGurt „Antitіla“ vipustiv saundtrek do komp’yuternoї gri, de mojna keruvati ukraїnskimi operatorami dronіv (vіdeo).
Diskografiyasi
Buduvudu (2008) Vibiray (2011) Nad pollusami (2013) Vse krasivo (2015) Sontse (2016) Hello (2019) MLNL (2022) Fortetsya Baxmut (2023) Manbalar
Turkum:Ukrain musiqiy kvartetlari Turkum:2007-yilda tuzilgan musiqiy guruhlar Turkum:Kiyev musiqiy guruhlari Turkum:Ukrain pop rok musiqiy guruhla