Juma masjidi yoki Jumaya masjidi () Bolgariyaning Plovdiv viloyati, Plovdiv shahrida joylashgan. Uning turkcha nomi Hüdavendigâr Camii yoki Cuma Camii dir. Masjid Plovdivning markazida joylashgan boʻlib, 1363-1364-yillarda Usmonli qoʻshinlari tomonidan Plovdivni bosib olingandan soʻng Sveta Petka Tarnovska sobori cherkovi oʻrnida qurilgan. 15-asrda Sultonmurod I davrida eski bino buzilib, oʻrniga zamonaviy masjid qurilgan. U Ulu Jumaya masjidi yoki Bosh juma masjidi deb atalgan.

Masjid katta boʻlib, toʻqqiz gumbaz va gumbazli namoz zaliga ega. Asosiy fasadning shimoli-sharqiy burchagida minora joylashgan. Ichki devor rasmlari 18-asr oxiri — 19-asr boshlariga chizilgan.

Hujumlar Masjidga 2014-yil fevral oyida „yuzlab millatchilar, fashistlar va futbol bezorilari“ deb taʼriflangan olomon hujum qilgan. Hujumdan keyin 120 kishi hibsga olingan va toʻrt nafari yengil jazo olgan. Bolgariya bosh muftiysi Mustafo Xoji hujumni „pogrom“ deya baholagan.

Yana qarang

Bolgariyada islom Bolgariyadagi masjidlar roʻyxati Manbalar

Turkum:Gumbazli masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Katta masjidlar Turkum:14-asr masjidlari Turkum:1364-yilda qurilgan masjidlar Turkum:Bolgariyadagi Usmoniy masjidlar