Abtaa (; transliteratsiya: Ibṭaʿ. Shuningdek, Ibta yoki Obteya deb ham talaffuz qilinadi) Suriya janubidagi shaharcha. Maʼmuriy jihatdan Daraa muhozafasining Daraa okrugi tarkibiga kiradi. Shaharcha janubda Daʼel, janubi-sharqda Xirbet Gʻazale, sharqda Namer, shimoli-sharqda Qarfa va shimolda Shayx Maskin bilan chegaradosh. Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Abtaa aholisi 14,283 kishini tashkil qilganGeneral Census of Population and Housing 2004. Syria Central Bureau of Statistics (CBS). Daraa Governorate. .

Tarixi

Abtaa tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Hudud nomi islomdan oldingi davrga oid suryoniy matnlarida tilga olinganHonigman 1995, p. 114..

1596-yilda Abtaa Usmoniylar soliq maʼlumotlarida Bita nomi bilan tilga olinib, Hauran sanjogʻidagi Bani Malik al-Asraf nohiyasi tarkibiga kirgan. Hududda 44 xonadondan iborat mutlaq musulmon aholi istiqomat qilgan. Qishloq aholisi turli qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, jumladan bugʻdoy, arpa, yozgi ekinlar, echki va asalari uyalari uchun 40% miqdorida qatʼiy belgilangan soliq stavkasi, jami 5000 akçe soliq toʻlaganHütteroth and Abdulfattah, 1977, p. 213..

1838-yilda hudud Musulmon qishlogʻi sifatida eʼtirof etilgan boʻlib, Nukra okrugi tarkibiga kirgan va Shayx Maskin janubida joylashganSmith; in Robinson and Smith, 1841, vol 3, Second appendix, B, p. 151. 1850-yillarda gʻarblik sayohatchi Josias Leslie Porter Abtaada bir qator yirik „bazaltdan qurilgan eski uylar va bir nechta singan ustunlar“ borligini taʼkidlaganPorter, 1858, p. 532.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar Map of town, Google Maps Cheik Meskin-map; 21L

Turkum:Daraa okrugi aholi punktlari Turkum:Suriya aholi punktlari Turkum:Daraa muhofazasi aholi punktlari