Anna Elisabeth Kopp (1936-yil 16-dekabr – 7-aprel 2023-yil) – Shveysariya siyosatchisi va Hur Demokratik Partiya (HDP) aʼzosi. U Shveysariya hukumati, Federal kengashda xizmat qilgan birinchi ayol siyosatchi. U ushbu lavozimda 1984-yil 2-oktabrdan 1989-yil 12-yanvargacha faoliyat yuritgan. 1979-yildan 1984-yilgacha Milliy kengash aʼzosi sifatida xizmat qilgan.

Barvaqt hayot va taʼlim Kopp 1936-yil 16-dekabrda Shveysariyaning Syurix shahrida Maks va Beatrix Iklé oilasida tugʻilgan. Uning otasi Federal moliya departamenti direktori va Shveysariya Milliy banki boshqaruvi aʼzosi. Bobosi Adolf Iklé (1852–1923) asli yahudiy va Germaniyaning Gamburg shahridan edi. Uning amakivachchasi Fred Iklé Reygan hukumati davrida mudofaa vazirining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

U Bern kantonligida ikkita singlisi Marianne (1935-2019) va Beatrix (1944) bilan birga oʻsgan. Kopp Bern oʻrta maktabini tamomlagan. 1956-yilda Syurix universitetida huquq sohasi boʻyicha tahsil olgan. 1960-yilda Litsenziya bilan bitirganDuttweiler, Catherine (1990).p.40. Oʻqish davrida, 1956-yilda Vengriya inqilobi paytida tashkil etilgan (SDSU) tashkilotiga qoʻshildiDuttweiler, Catherine (1990).pp.40–41.1959-yilda Berlin shahriga talabalar sayohati vaqtida boʻlajak eri Hans W. Kopp bilan tanishganDuttweiler, Catherine (1990).p.49. 1960-yilda oʻqishni muvaffaqiyatli tamolaydi va litsenziat ilmiy darajasi bilan yakunladi. Shu yili u Xans Kopp bilan turmush qurdi va Zumikonga koʻchib oʻtdi. 1963-yilda Kopp qiz farzandli boʻlib,1970-yilgacha uy bekasi boʻlgan.

Siyosiy faoliyati

Kantonal va qonun chiqaruvchi idoralar 1984-yil 2-oktabr kuni Kopp Federatsiya Kengashiga birinchi ayol nomzod sifatida saylandi. U birinchi ovoz berish jarayonidayoq 244 ovozdan 124 ovoz toʻplagan. Federal maslahatchi sifatida Federal Adliya va Politsiya departamentining (FADP) boshligʻi boʻlib, 1988-yil dekabr oyida Konfederatsiyaning vitse-prezidenti etib saylandi. Uning vazifasida asosiy maqsadlaridan biri noqununiy muhojirlar uchun qonunni isloh qilish boʻlgan. Buning uchun qochqinlar delegati lavozimini ham tashkil qildi. 1987-yilgi Shveysariya referendumlari|Referendum]]muxolif tomon va xristian jamiyatidagi shaxslar tomonidan tanqid qilindi, ammo oxir-oqibat 1987-yilda referendum tasdiqlandi. 1987-yil dekabr oyidagi tasdiqlov saylovida yashil va chap partiya, Frankofon kantoni siyosatchilari uni qayta saylashni rad etishdi va faqat 166 ovoz bilan qayta lavozim tasdiqlandiDuttweiler, Catherine (1990), p.145.

Federal kengash 1984-yilda Federal kengash raisi Rudolf Fridrih sogʻligʻidagi muammolar tufayli lavozimidan isteʼfoga chiqdi. Keyinchalik Hur Demokratlar Partiyasi Fridrixning oʻrinbosari etib Elisabeth Kopp va Bruno Hunziker nomzod boʻlgan. 1970-yilda Elisabeth Kopp Zumikon shahar kengashi (Gemeinderat) va 1974-yilda Syurix kantonidagi shaharning birinchi ayol prezidenti boʻldi.

Shaxsiy hayoti 1960-yilda Elisabeth Iklé bir nechta kompaniyalarning advokat va kengash aʼzosi boʻlgan Hans W. Kopp bilan turmush qurganDuttweiler, Catherine (1990), pp.148–149. Ularning bitta qizi Brigitte (1963) boʻlgan. Elisabeth Milliy Kengashga saylanganidan soʻng, eri Bernda uning uchun kvartira sotib oldiDuttweiler, Catherine (1990), p.84. Federatsiya kengashiga saylanganidan soʻng, ular xavfsizlik sabablari tufayli boshqa kvartiraga koʻchib oʻtishdiDuttweiler, Catherine (1990), p.85. Elisabeth Kopp 2023-yil 7-aprel kuni 86 yoshida vafot etdi.

Film : Elisabeth Kopp – Eine Winterreise [de] (Qish safarida: Shveysariyaning birinchi ayol vaziri), hujjatli film, 85 daqiqa, Mavzu: Film, 2007-yil yanvar

Manbalar

Yana qarang

Kopp, Elisabeth (1991) Qisqa [Hotiralar]. Benteli Verlag. ISBN 3-7165-0830-6

Tashqi havoalalar

Turkum:Ayol prezidentlar Turkum:Shveysariya loyihasi maqolalari Turkum:Shveysariya kishilari Turkum:1936-yilda tugʻilganlar Turkum:2023-yilda vafot etganlar