Fatma Aliye Topuz (1862-yil 9-oktyabr – 1936-yil 13-iyul) – Fatma Aliye yoki Fatma Aliye Hanim nomi bilan tanilgan, turk yozuvchisi, sharhlovchisi, esseist, ayollar huquqlari faoli va insonparvar. Fatma Aliye Hanim beshta romani bilan adabiyot doiralari tomonidan turk adabiyotidagi birinchi ayol romanchi sifatida eʼtirof etilgan.

Hayoti Fatma Aliye 1862-yil 9-oktyabrda Istanbulda tugʻilgan. U Usmonlilar davlati xizmatchisi, taniqli tarixchi va amaldor Ahmed Cevdet Pasha (1822–1895) va uning rafiqasi Adviye Rabia Hanımning ikkinchi farzandi edi. Uning akasi Ali Sedat va singlisi Emine Semiye boʻlgan„Fatma Aliyeʼnin gölgesinde kalan kardeşi“. Haber7 (in Turkish). 2009. Retrieved 23 April 2009..

Otasining Voliy (viloyat gubernatori) lavozimi tufayli Misrda, keyinroq Gretsiyada, 1866-yildan 1868-yilgacha Halabda uch yil va 1875-yilda Janinada olti oyni oʻtkazdi. 1878-yilda u otasi tayinlangan Damashqda oilasi bilan toʻqqiz oy qoldi.

Fatma Aliye oʻz uyida norasmiy taʼlim olgan. Chunki oʻsha paytda ayollarning taʼlim olishiga qonunchilikda hech qanday cheklov boʻlmasa ham, qizlarning rasmiy sinflarga yozilishi odatiy hol emas edi. Oʻzining intellektual qiziqishi tufayli u arab va fransuz tillarini yuqori darajada oʻrgandi.

1879-yilda, u oʻn yetti yoshga toʻlganda, otasi uni kapitan-mayorga turmushga berdi. Uning turmush oʻrtogʻi Mehmet Faik Bey, Sulton Abdul Hamid II ning yordamchisi va Plevna qamalining qahramoni Gazi Osmon Pashaning jiyani edi. U toʻrtta qiz tugʻdi: Hatice (1880-yilda tugʻilgan), Ayşe (1884-yilda tugʻilgan), Nimet (1900-yilda tugʻilgan) va Zübeyde İsmet (1901-yilda tugʻilgan).

Uning turmush oʻrtogʻi undan bilimsizroq odam edi va turmushning birinchi yillarida unga chet tillaridagi romanlarni oʻqishga ruxsat bermadiYunus, Ceyda (28 March 2008). „Fatma Aliye kime uzak?“ (in Turkish). Milliyet. Retrieved 3 May 2009..

Yozuvchilik karyerasi right|thumb|217x217px| Fatma Aliye Topuz birinchi ayollar huquqlari faollaridan biri boʻlib, oʻzining ijtimoiy hayoti davomida gʻarb kiyimida koʻproq yurgan. thumb| Fatma Aliye Topuz uch gʻildirakli velosipedda, homilador boʻlganida, taxminan 1900-yillar U 1889-yilda turmush qurganidan oʻn yil oʻtib, turmush oʻrtogʻining ruxsati bilan Georges Ohnetning „Volonte“ romanini fransuz tilidan turk tiliga tarjimasi bilan adabiyotda debyut qildi. Kitob uning „Bir Hanim“ taxallusi bilan nashr etilgan. Taniqli yozuvchi Ahmet Mithat undan shunchalik taʼsirlanganki, uni Tercüman-i Hakikat gazetasida oʻzining faxriy qizi deb eʼlon qilgan. Fatma Aliye ham otasining eʼtiborini tortdi hamda u bilan maʼruza oʻqidi va fikr almashdi. Birinchi tarjimasidan soʻng u ketma-ket tarjimalarida „Mütercime-i Meram“ taxallusini ishlatgan. TC Merkez Bankası. Archived from the original on 2009-04-17. Retrieved 3 May 2009..

1894-yilda u Ahmet Mithat bilan birgalikda „Hayal va hakikat“ romanini yozdi. U ayol qahramon uchun parchalarni yozgan boʻlsa, erkak qahramon uchun parchalarni Ahmet Mithat yozgan. Asar „Bir Kadın ve Ahmet Mithat“ nomi bilan imzolangan . Ushbu romandan soʻng ikki muallif bir-birlari bilan uzoq vaqt maktub almashishdi va keyinchalik ular Tercüman-i Hakikat gazetasida chop etildi.

Fatma Aliye 1892-yilda oʻzining haqiqiy ismi bilan „Muhazarat“ romanini nashr ettiradi va unda ayol birinchi muhabbatini unuta olmaydi degan ishonchni inkor etishga harakat qiladi. Bu butun Usmonli imperiyasida ayol yozuvchi tomonidan yozilgan birinchi roman edi. Kitob 1908-yilda qayta nashr etilgan.

Uning 1899-yilda nashr etilgan uchinchi romani „Udi“ asarida Halabda Fatma Aliye bilan uchrashgan udchi ayol tasvirlangan. Bu romanida u baxtsiz turmush qurgan Bedianing hayotini sodda tilda hikoya qiladi„Fatma Aliye Hanım“ (in Turkish). Edebiyat Öğretmeni. Retrieved 3 May 2009.. Taniqli yozuvchi Reşat Nuri Güntekin „Udi“ asarini adabiyotga qiziqishini uygʻotgan eng muhim asarlardan biri deb ataydi.

1914-yilda u otasini siyosiy hujumlardan himoya qilish maqsadida „Ahmed Jevdet Pasha va zamoni“ kitobini nashr ettirdi. Ushbu asarda u Ikkinchi Konstitutsiya davridan keyingi siyosiy sahnani ochib berishni maqsad qilgan edi (in Turkish). Zaman. Archived from the original on 12 April 2009. Retrieved 3 May 2009.. Biroq, uning tarixiy tezisga qarama-qarshiligi kitobning adabiyotdan chiqarilishiga olib keldi.

Ayollar huquqlari faoli U adabiy asarlari bilan bir qatorda 1895-1908-yillar oraligʻida oʻn uch yil davomida Hanımlara Mahsus Gazete jurnalida konservativ qarashlaridan voz kechmagan holda ayollar huquqlari haqida maqolalar yozdi. Birinchi turk feministlaridan biri hisoblangan singlisi Emine Semiye Önasya (1864–1944) ham haftada ikki marta chiqadigan jurnal tahriri sifatida ziyoli ayollar qatorida edi. Ular 1908-yilgi Yosh turk inqilobidan keyin boshlangan Mehâsin jurnaliga ham oʻz hissalarini qoʻshganlar.

Fatma Aliye 1896-yilda nashr etilgan „Nisvan-i Islom“ kitobida gʻarb dunyosiga musulmon ayollarning ahvolini tushuntirib bergan. Oʻzining jurnallardagi maqolalarida yozganidek, u ushbu kitobda oʻz romanlarida yaratgan zamonaviy personajlarga zid boʻlgan konservativ anʼanalarni himoya qildi.

Gumanitar yordamlari Fatma Aliye xayriya ishlari bilan ham shugʻullangan. Yunon-turk urushidan soʻng u 1897-yilda askar oilalarini qoʻllab-quvvatlash uchun „Nisvan-ı Osmaniye İmdat Cemiyeti“ xayriya tashkilotini tuzdi. Bu mamlakatdagi birinchi ayollar tashkilotlaridan biri edi. U insonparvarlik saʼy-harakatlari uchun 1899-yilda Sulton Abdulhamid II tomonidan „Mehr-muruvvat“ ordeni bilan taqdirlangan. thumb| Fatma Aliye Topuzning qabri (Istanbul) Fatma Aliye, shuningdek, „Usmonli Hilal-i Ahmer Cemiyeti“ tashkilotining birinchi ayol aʼzosi boʻldi. Bundan tashqari, 1910-yillarda Italiya-Turkiya urushi va Bolqon urushlaridan keyin tashkil etilgan „Müdafaa-i Milliye Osmanlı Kadınlar Heyeti“ qoʻmitasida ishlagan.

Soʻngi yillari Uning kenja qizi Zübeyde İsmet 1926-yilda nasroniylikni qabul qildi va Rim-katolik rohibasi boʻlish uchun Turkiyani tark etdiBayer, Yalçın (11 January 2009). „Paralardaki Aliye Hanım…“ (in Turkish). Hürriyet. Retrieved 5 October 2017.. Fatma Aliye 1920-yillarda qizini qidirib, shuningdek, sogʻligʻi sababli Fransiyaga bir necha bor sayohat qilgan. 1928-yilda u turmush oʻrtogʻini yoʻqotdi. Fatma Aliye 1934-yil 21-iyunda qabul qilingan Familiya qonuni Turkiyada joriy qilinganidan keyin Topuz familiyasini qabul qildi. Oʻzining soʻnggi yillarini sogʻligʻi yomon va moliyaviy qiyinchilikda oʻtkazgan Fatma Aliye 1936-yil 13-iyulda Istanbulda vafot etdi. U Ferikoʻy qabristoniga dafn qilindi.

Xotirasi thumb|250x250px| 50 liralik banknotaning orqa tomoni (2009) Zafer Hanim „Aşk-i Vatan“ romanini Fatma Aliye Hanimdan yillar oldin, 1877-yilda yozgan boʻlsa-da, nashr etilgan birgina asari tufayli u ilk turk ayol yozuvchisi sifatida eʼtirof etilmaydi.

2009-yilda chiqarilgan 50 turk liralik banknotaning orqa tomonida Fatma Aliyening portreti tasvirlangan. Biroq, Turkiya Markaziy bankining uni bu qadar sharaflangan birinchi ayol va birinchi ayol turk yozuvchisi sifatida tanlagani turk adabiyotshunoslari va tarixchilari orasida bahs-munozaralarga sabab boʻldi„50 lira edebiyat dünyasını ikiye böldü“ (in Turkish). Hürriyet. 24 January 2009. Retrieved 26 April 2009.. Tanqidchilarning taʼkidlashicha, Halide Edib Adıvar yoki Afet İnan kabi jumhuriyat davridagi ayol yozuvchilar banknotaning old tomonida Mustafa Kemal Atatürk portreti bilan bezashni shariat kontekstida ayollar huquqlari haqidagi gʻoyalarini ishlab chiqqan Fatma Aliyedan koʻra koʻproq mos keladi deyishdi.

Asarlari

Romanlari Muhazarat (1892) Hayal va Hakikat (1894) Raf’et (1898) Udi (1899) Enin (1910) Levaih-i Hayat

Tarjimasi Meram (1890), Jorj Ohnetning Volonte romani (1888)

Manbalar

Havolalar

Turkum:XX asr turkiyalik jurnalistlari Turkum:Moturidiylar Turkum:Hanafiylar Turkum:Turk romanchilari Turkum:1936-yilda vafot etganlar Turkum:Istanbullik yozuvchilar Turkum:1862-yilda tugʻilganlar