Falsafada, Okkam ustarasi muammo yechish prinsipi boʻlib, tushuntirish olib borish uchun eng kam miqdordagi gap yoki soʻzdan foydalanish – bu eng toʻgʻri tanlov hisoblanadi. Ushbu prinsip Parsimoniya prinsipi yoki Parsimoniya qonuni (lotincha: lex parsimoniae) deb ham tanilgan. Garchi oʻn toʻrtinchi asrda yashagan ingliz faylasufi va teologi Okkam hech qachon „Mavjud narsalar zaruratdan ortiq koʻpaytirilishi mumkin emas“ (lotincha: „“) iborasini ishlatmagan boʻlsada, ushbu prinsip uning nomi bilan bogʻlanadi. Asosan, bu prinsip „eng oddiy tushuntirish odatda eng yaxshisi“ deb tarjima qilinadi. Ushbu falsafiy ustara bir xil bashorat haqida raqobatli gipotezalar bilan taqdim etilgan vaziyatda, har ikki nazariya ham teng holatda tushuntirilganda, kamroq taxminlarni talab qiladigan gʻoyaga afzallik berish kerak ekanligi va bu turli bashoratlar qiladigan gʻoyani tanlash usuli mavjud boʻlmasligi kerakliligini taʼkidlaydi.

Tarixi Okkam ustarasi iborasi Okkamlik Uilyamning oʻlimidan bir necha asr oʻtgach paydo boʻlgan. Libert Froydmont oʻzining „Ruh falsafasi Xristianlikda“ asarida „novacula occami“ iborasini ishlatadi. Okkam ushbu tamoyilni ixtiro qilmagan boʻlsada, iboraning mashhurligi va iboraning uning ismi bilan bogʻlanganligi – u ushbu tamoyilni tez-tez ishlatgani va samaradorligiga bogʻliq boʻlishi mumkinRoger Ariew, Ockham’s Razor: A Historical and Philosophical Analysis of Ockham’s Principle of Parsimony, 1976. Okkam ushbu tamoyilni turli yoʻllar bilan bayon etgan, ammo tushuntirishlar orasida eng mashhur versiyasi – „Mavjud narsalar zaruratsiz koʻpaytirilmaydi“ (Non sunt multiplicanda entia sine necessitate) boʻlib, irland faylasufi Jon Punch tomonidan Duns Scotus asarlariga 1639-yilda sharh bergan vaqtida foydalanilganJohannes Poncius’s commentary on John Duns Scotus’s Opus Oxoniense, book III, dist. 34, q. 1. in John Duns Scotus Opera Omnia, vol.15, Ed. Luke Wadding, Louvain (1639), reprinted Paris: Vives, (1894) p.483a.

Okkamlik Uilyamdan avvalgi izohlar thumb|Jon Duns Skotning „Komentaria oxoniensia ad IV libros magistri Sententiarus“ kitobidan olingan sahifaning bir qismi: „Pluralitas non est ponenda sine necessitate“, yaʼni „Ortiqchalikdan zaruratsiz foydalanish mumkin emas“ degan soʻzlarni koʻrsatadi Okkam ustarasiga oʻxshash versiyalar kelib chiqishi John Duns Scotus (1265-1308), Robert Grosseteste (1175-1253), Maimonid (Moses ben-Maimon, 1138-1204), va hatto Aristotel (384-322 BC) kabi avvalgi faylasuflarning ishlariga bogʻlanadiAristotle, Physics 189a15, On the Heavens 271a33. See also Franklin, op cit. note 44 to chap. 9.. Ptolemey (mil. 90-168) shunday deb aytdi: „Biz hodisalarni eng sodda gʻoyalar bilan tushuntirishni yaxshiroq prinsip deb hisoblaymiz“ Chap 9. p. 241.. Okkam ustarasiga misol boʻladigan iboralar 13-asrdagi adabiyotlarda koʻp ishlatilgan Chap 9. p. 241.. Thomas Aquinas(1225-1274) oʻzining „Summa Theologica“ asarida „bir necha prinsiplar bilan tushuntirilishi mumkin boʻlgan narsalarni koʻp narsa bilan yaratilgan deyish ortiqcha“ deb yozgan. Aquinas Xudoning mavjudligiga qarshi fikrlar berish uchun ushbu prinsipdan foydalanadi, bu qarshilik esa unga oʻz navbatida oʻz uslubida javob beradi va rad etadi. Shuning uchun, Aquinos bugungi kunda „Okkam ustarasi“ nomini olgan tamoyilni tan oladi, ammo ayrim oddiy tushuntirishlarga sababi bilan tushuntirishni afzal koʻradi. Okkamlik Uilyam thumb|Okkamlik Uilyamning qoʻlyozma illyustratsiyasi Okkamlik Uilyam(taxminan 1287-1347) ingliz teologi, oʻrta asr faylasufi va nominalisti edi. Uning buyuk faylasuf sifatida mashhurligi asosan uning nomi bilan bogʻlanadigan Okkam ustarasiga asoslangan. Keyingi izohlar Isaak Nyutonning soʻzlariga koʻra, „Biz tabiiy narsalarning koʻrinishi aniq va tushunarli boʻlganda, ularning sabablarini qidirmasligimiz kerak. Shuning uchun biz iloji boricha bir turdagi tabiiy taʼsirlarga bir turdagi sabablarni keltirishimiz kerak“Primary source: wrote the following two „philosophizing rules“ at the beginning of part 3 of the Principia 1726 edition.. N. Nyuton ushbu yondashuvining muvaffaqiyatini oʻzining xulosasida tasdiqlaydi. Bertrand Rassell Okkam ustarasi uchun oʻzining alohida versiyasini taklif qiladi: „Qachonki imkoni boʻlsa, maʼlum narsalarni nomaʼlumga oʻzgartiradigan qoʻshimcha narsa qoʻshmasligimiz kerak“. Foydalanilishi Ilm-fan va ilmiy uslub right|thumb|250x250px|Andreas Cellariusning „Harmonia makrokosmik“ kitobidagi(1660 yil) Kopernik tizimining tasvirlanishi. . Bu tizim haqida Kopernik oʻzining De revolutionibus orbium coelestium kitobining birinchi nashrida yozgan. Ilm-fanda, Okkam ustarasi nashr etilgan modellar oʻrtasida hakam sifatida emas, balki nazariy modellarni ishlab chiqaradigan olimlarni yoʻnaltirish uchun evristik vosita sifatida ishlatiladiHugh G. Gauch, Scientific Method in Practice, Cambridge University Press, 2003, , ..

Manbalar

Havolalar Ockham’s Razor, BBC Radio 4 discussion with Sir Anthony Kenny, Marilyn Adams & Richard Cross (In Our Time, 31 May 2007) Turkum:Evristik Turkum:Epistemologiyada tushunchalar Turkum:Webarxiv andozasi wayback havolalari