Abraham Alechenwu ( 1986-yil 26-martda tugʻilgan) – nigeriyalik sobiq futbolchi va futbol agenti.

U faoliyatining koʻp qismini Albaniyada oʻtkazgan, Albaniyada u Elbasani va Tirana jamoalari bilan muvaffaqiyatli mavsumlar oʻtkazgan va bir vaqtlar Albaniya Superligasining eng yaxshi chap qanot himoyachisi deb atalgan.

Futbolchilik faoliyati

Yoshlik yillari Abraham oʻzining futbolchilik faoliyatini Nigeriya 1-divizionida Ambassadors of Christ jamoasi bilan oʻsmirlik davrida boshlagan. Keyin 2004-yilda Yevropa futbolida oʻziga jamoa izlab Albaniyaga koʻchib oʻtgan. Abraham Besa Kavaje, Teuta Durres va Elbasani jamoalarida uchta muvaffaqiyatsiz mavsumlarni oʻtkazgan, bu esa uni Gramozi Ersekë jamoasiga koʻchib oʻtishga majbur qilgan. KS Gramozi Erseke uchun yaxshi oʻynagach, yosh nigeriyalik oʻsha paytda Albaniya birinchi divizionida oʻynagan Apoloniya Fier jamoasiga koʻchib oʻtgan.

Albaniya Superligasi Albaniya va Yevropa futbolidagi juda muvaffaqiyatli ilk mavsumdan soʻng, Abraham Albaniya Superligasiga oʻtgan. Uning Albaniyaning premer divizionidagi birinchi jamoasi KF Elbasani boʻlgan, u 2005-yilning yozida ularga qoʻshilgan. Superligadagi birinchi mavsumida u ligada gʻolib chiqqan juda muvaffaqiyatli hisoblanagn KF Elbasani jamoasining asosiy oʻyinchilaridan biriga aylangan. Abraham oʻsha mavsumda Albaniyadagi eng yaxshi himoyaning bir qismi boʻlib, butun mavsum davomida atigi 22 ta golli hujum oʻtkazib yuborgan. U, shuningdek , 2007—2008-yillarda Albaniya Superligasida gʻolib chiqqan Dinamo Tirana jamoasi tarkibida ham oʻynagan. KF Tirana nigeriyalik himoyachini 2008-yilning yozgi transfer oynasida taxminan 160 ming dollar evaziga sotib olgan. Shuningdek, u Albaniyada yangi rekord oʻrnatgan yaʼni 4 marta Albaniya Superligasida gʻalaba qozongan ilk xorijlik futbolchiga aylangan.

Iraklis Saloniki 2010-yil iyul oyida Abraham Gretsiya Superligasida „Iraklis Saloniki“ klubi bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan.

Vardar Skopye 2012-yil iyun oyida Abraham Makedoniya Birinchi Futbol Ligasida Vardar bilan bir yarim yillik shartnoma imzolagan. U 2012—2013-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi saralashida BATE Borisovga qarshi safar oʻyinida jamoa tarkibida maydonga tushgan, ammo u Makedoniyada ichki mavsum boshlanishidan oldin jamoa bilan shartnomasi bekor qilingan. Shundan soʻng futbolchi Albaniyaga qaytib, u yerda Besa Kavaje jamoasiga qoʻshilgan.

Adriatiku Mamurrasi Kastrioti Kruje Albaniya Superligasidan tushib ketganidan soʻng, Alechenvu yangi jamoa izlash uchun klubni tark etgan va u Albaniya Birinchi divizionida birinchi marta oliy ligaga koʻtarilgan Adriatiku Mamurrasi jamoasiga qoʻshilgan.

Laçi 2016-yilning avgustida Abraham yuqori ligaga qaytgan va Laçi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.

Shaxsiy hayoti Abraham alban pasportiga ega va alban tilida bemalol gaplasha oladi.

Manbalar

Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Nigeriyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sportchilar