Merey Erali qizi Amanbayeva (; 2-may, 1997-yil, Nurota tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston) – kelib chiqishi qozoq boʻlgan oʻzbek siyosatchisi va tadbirkori. Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasining Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Biografiyasi 1997-yil 2-mayda Nurota tumani, Navoiy viloyatida qozoq oilasida tugʻilgan. 9-sinfdan keyin Navoiydagi veterinariya boʻyicha oʻqishga kirdi. Navoiy davlat pedagogika institutining Boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini tayyorlaydigan fakutetning qozoq tili boʻlimining bitiruvchisi. Keyinchalik shu institutdagi magistraturani menejment mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2020-yilda „Zulfiya nomidagi davlat mukofoti“ sovrindori. 2024-yil 6-martdan Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasining Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozida va ungacha „Zarafshon“ mahallasida hokim yordamchisi boʻlib ishlagan. 2021-yil 20-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga safari chogʻida tadbirkorlar bilan ochiq muloqatda soʻzga chiqib, Prezidentga boshida qozoq tilida gapirib, keyin oʻzbek tilda davom ettirgan va "Siz kelganingizdan biz „dux“ oldik" degan soʻzi bilan ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishgan.

Jinoyat ishi boʻyicha ayblov 2024-yil 19-aprelda Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28,211-moddasi (Pora berish) bilaan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan tergov olib borilgan.

Merey Omonbayeva munosabati

Savdo-sanoat palatasi munosabati

Manbalar

Havolalar

Merey Omonbayeva Instagramda

Turkum:Nurota tumanida tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston qozoqlari Turkum:Oʻzbekiston ayollari siyosatda Turkum:Navoiylik tadbirkorlar Turkum:Navoiy viloyatidagi taʼlim muassasalari oʻqituvchilari Turkum:Navoiy davlat pedagogika instituti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar