Maksimilian Mittelstädt (1997-yil 18-mart) – Germaniyalik professional futbolchi, Bundesliga jamoasi VfB Stuttgart va Germaniya terma jamoasining chap qanot himoyachisi.
Karyerasi Mittelstädt futboldagi ilk qadamlarini besh yoshida SC Staaken yoshlar jamoasida qoʻygan. Keyinchalik faoliyatini Hertha 03 Zehlendorf safida davom ettirgan. 2012-yilda esa Hertha BSC yoshlar jamoasini uni oʻz tarkibiga qoʻshib oladi.
Mittelstädt Bundesligadagi debyutini 2016-yilning 2-martida Eintracht Frankfurtga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazgan. 2018-yil 30-oktyabr kuni himoyachi DFB-Pokal doirasidagi SV Darmstadt 98ga qarshi uchrashuvda katta futboldagi ilk golini kiritdi.
2023-yilning 7-iyunida Mittelstädt boshqa bir nemis jamoasi VfB Stuttgart bilan uch yillik shartnoma imzoladi .
Terma jamoadagi faoliyati Mittelstädt 2024-yil mart oyida ilk bor Julien Nagelsmann boshqaruvidagi Germaniya terma jamoasidan chaqiruv olgan. U 23-mart kuni Fransiyaga qarshi uchrashuvda debyut qiladi. Uch kundan soʻng himoyachi Gollandlarga qarshi kechgan bahsda debyut golini urgan.
Mittelstädt Germaniyaning UEFA Yevro 2024 turniridagi tarkibidan ham joy olgan.
Statistikasi
Klub
+Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistikaKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarHertha BSC2015–16Bundesliga30302016–171201302017–181101402018–192512832019–202612822020–212702802021–222502602022–23170170VfB Stuttgart2023–24Bundesliga312342Umumiy200821511
Terma jamoa
+Terma jamoa safidagi statistikasiMilliy jamoaYilOʻyinlarGollarGermaniya202461Umumiy61
Manbalar
Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:VfB Stuttgart futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Germaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1997-yilda tugʻilganlar
