Begüm Kütük Yaşaroğlu – 1980-yil 27-avgust kuni Izmirda tavallud topgan turk aktrisasi va model .

Taʼlimi Begüm boshlangʻich maktabni Izmir Namık Kemal maktabida, oʻrta maktab va litseyni esa Izmir Özel Tevfik Fikretda tamomlagan. Bakalavr taʼlimi uchun Fransiyaga borgan Yaşaroğlu, u yerda Nancy 2 Universitetining Media va kommunikatsiya boʻlimini tamomlab, vataniga qaytgach aktyorlik faoliyatini boshlagan.

Faoliyati 2001-yilda Begüm „Turkish Best Of Model“ tanlovida ishtirok etgan va tanlovda uchinchi oʻrinni egallagan. Xuddi shu musobaqada Şenay Akay birinchi, Esra Eron ikkinchi, Sinemis Candemir toʻrtinchi, Fatos Seğmen beshinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritishgan. Selma Ergeç esa „Eng yaxshi yurgan model“ deb tanlangan.

Musobaqadan soʻng Yıldırım Mayrukning modeli sifatida faoliyatidagi ilk ishini boshlagan. Aktrisalik faoliyatini teleseriallardan boshlagan ijodkor kino va turli qisqa metrajli filmlarda ham suratga tushgan. Begüm bosh rolni ijro etgan „Mar“ filmi SİYAD kino festivalining „Eng yaxshi film“ mukofotiga loyiq koʻrilgan. Aktrisa 2014—2015-yillar oraligʻida Star TVda namoyish etilgan „Çalıkuşu“ serialida Neriman va „Kaderimin Yazıldığı Gün“ serialida Defne rollarini ijro etgan.

2005 – 2007-yillar oraligʻida u Sineshow deb nomlangan kino dasturini tayyorlagan va ommaga taqdim etgan. Begüm 2010 – 2011-yillarda „Olağan Mucizeler“ spektaklidagi „Joy“ obrazi bilan 11-sovrinini qoʻlga kiritgan. Direklerarası Seyirci mukofotlaridan biri hisoblangan „Eng yaxshi ayol aktrisa“ mukofotiga loyiq deb topilgan.

Begüm Kütük xorijda chiqarilgan Orange GSM reklama roligida va Turkiyada chop etilgan Bosch, Samsung va Sarelle reklama kompaniyalarida chiqishlari bilan ishtirok etgan.

Aktrisa 2010-yil 16-sentyabrda Penguen jurnali karikaturachisi Erdil Yaşaroğlu bilan turmush qurgan. Juftlik 2018-yilning fevral oyida farzand kutayotganliklari haqidagi xabarni eʼlon qilishgan, biroq 3,5 oylik boʻlgan chaqaloq ona qornida vafot etganligi maʼlum boʻlgan.

Havolalar

Kino-teatrlar.com’da Begüm Kütük Yaşaroğlu Teatrlar.com’da Begüm Kütük Yaşaroğlu Seriallar.com’da Begüm Kütük Yaşaroğlu Teatronlineʼde Begüm Kütük Yaşaroğlu 2023-yil 25-mayda Wayback Machine saytida arxivlandi. Box Office Türkiyeʼde Begüm Kütük Yaşaroğlu2023-yil 25-mayda Wayback Machine saytida arxivlandi. Apple Music'da Begüm Kütük Yaşaroğlu 2023-yil 25-mayda Wayback Machine saytida arxivlandi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:Turkiyalik aktrisalar