Amazon Go – Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Amazon onlayn-riteyleri tomonidan boshqariladigan doʻkonlar tarmogʻi. 2020-yil holatiga koʻra, kompaniyaning Sietl, Chikago, San-Fransisko va Nyu-Yorkda jami 26 ta doʻkoni mavjud.
Tarmoq doʻkonlarida 1997-yilda bitta sotuvchi oʻrniga imkon qadar koʻproq kassa apparatlarini oʻrnatish maqsadida ishlab chiqilgan oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish kassalari orqali toʻlov qilinadi. Natijada toʻlov avtomatik ravishda harakat sensorlari, kameralar va aqlli tarozilar yordamida amalga oshirila boshlagan. Shunday qilib, „xodimlarsiz doʻkon“ deb nomlangan savdoni avtomatlashtirish kontseptsiyasi amalga oshirilgan. Kompaniya kassaga qarovchi xodimlarsiz doʻkonlar ishga tushirilgani haqida maʼlumot bergach, baʼzi ommaviy axborot vositalari Amazon Goni dunyodagi birinchi avtomatlashtirilgan supermarketlar tarmogʻi deb tariflaganlar.
Tarixi Amazon Go oʻz tarixini ilk doʻkoni ochilishidan ancha oldin boshlaydi. Doʻkonlar 2015-yilda Amazon asoschisi Jeff Bezos ushbu gʻoyani ilgari surishdan oldin Sietldagi ijaraga olingan omborda 15 000 kvadrat metrlik supermarket qurishni reja qilgan Amazon rahbarlari jamoasi tomonidan kontseptuallashtirilgan va sinovdan oʻtkazilib boʻlingan edi. Birinchi doʻkon Sietlda joylashgan va 2016-yil 5-dekabrda xodimlar uchun ochilgan; Doʻkon xaridorlar uchun 2018-yil 22-yanvardan boshlab ish faoliyatini boshlaganAmerikanskiy internet-riteyler Amazon otkril v Sietle perviy v mire avtomatizirovanniy supermarket Amazon Go bez kass i prodavsov // Ведомости, 2018. Ilk ochilish paytda doʻkondan oziq-ovqat mahsulotlari, spirtli ichimliklarning cheklangan turlarinigina sotib olishingiz mumkin edi.
2018-yilda aksiyadorlarga yozgan maktubida Jeff Bezos avtomatlashtirilgan supermarketni rivojlantirish qanchalik qiyinligini tushuntirib berdi. Koʻp yillar davomida navbatlardan xalos boʻlish gʻoyasini amalga oshirish haqida oʻylab, videokameralarni loyihalash, maxsus javonlar va boshqa koʻplab sharoitlarni yaratish haqida oʻylar va ularsiz tarmoqning muvaffaqqiyatini tasavvur qila olishmasdi.
The Wall Street Journal doʻkonning ochilishi haqidagi hisobotida birinchi doʻkon joylashuvi Amazon ochishni rejalashtirgan uchta doʻkondan biri boʻlib, ularning har biri boshqacharoq formatda boʻlganini xabar qildi. 2016-yil oktabr oyida Business Insider Amazonning ichki hujjatlarida mavjud boʻlgan rejalar haqida yozgan va kelgusi oʻn yil ichida 2000 tagacha doʻkon ochishni rejalashtirganini taxmin qilgan edi. Soʻngra Amazon vakillari bu xabarni rad etib, loyiha hali ham oʻrganilayotganligini taʼkidlashgan.
Doʻkonlar joylashuvi 2020-yil mart oyi holatiga koʻra, tarmoqning Qoʻshma Shtatlarda 26 ta doʻkoni mavjud. №Shahar, shtatOchilish sanalariHududdagi doʻkonlar soniManbalar1Sietl, Vashington2018-yil 22-yanvar62Chikago, Illinoys2018-yil 17-sentyabr73San-Fransisko, Kaliforniya2018-yil 23-oktyabr54Nyu-York, Nyu-York (shtat)i2019-yil 7-may8Jami:26
Fotogalereya
Adabiyotlar
Manbalar
Turkum:Amazon (shirkat)