Za nas s vami – rossiyalik rejissyor Andrey Smirnovning tarixiy drama filmi boʻlib, unda Yuliya Snigir, Andrey Smolyakov, Dmitriy Kulichkov va Irina Rozanova kabi aktyor va aktrisalar bosh rollarni ijro etishgan.

Syujeti Film voqealari 1952-yil oxiri va 1953-yil boshlarida Moskvada boʻlib oʻtadi. Bosh qahramonlar kvartirada yashovchi hamda antisemitizm va stalinistik terrorning qurboni boʻlgan Petkevichlar oilasining aʼzolari hisoblanadi.

Filmdagi bosh rollardan birining ijrochisi Yuliya Snigir intervyularining birida film haqida quyidagicha fikr bildiradi: „Siz qaygʻuli va ogʻir hikoyaga tayyorlanmasligingiz kerak. Aslida, bu sevgi haqidagi film. Sevgi hayotdagi eng asosiy narsa va u hamma narsaga bardosh berishga imkon yaratadi“.

Rollarda Yuliya Snigir – Dina (Ariadna) Andrey Smolyakov – Pyotr Kazimirovich Petkevich, falsafa professori, Dinaning otasi Irina Rozanova – Anjelina Fedorovna, Pyotr Kazimirovichning rafiqasi, Dinaning onasi Aleksandr Ustyugov – Boris, Dinaning eri Aleksandr Kuznetsov – Ivan, davlat xavfsizlik kapitani, Dinaning sevgilisi Kseniya Rappoport – Zina Luri, Dinaning hamkasbi va doʻsti Leonid Yarmolnik – Dorfman, Petkevichning qoʻshnisi Ivan Dobronravov – Oleg Rutkovskiy, aspirant Nina Amelina – Raisa Dmitriy Kulichkov – Vasiliy, Raisaning eri Galina Tyunina – Ester Davydovna, Dorfmanning rafiqasi Marina Kleshcheva – Klava, Petkevichning qoʻshnisi Evdokia Germanova – Evstolya Dmitrievna, Vasiliyning onasi

Suratga olish ishlari Film rejissyori va ssenariy muallifi „Belarusskiy vokzal“ filmi bilan tanilgan sovet kinosining patriarxi Andrey Smirnov boʻlgan.

Bosh rollarni Yuliya Snigir, Andrey Smolyakov, Dmitriy Kulichkov, Irina Rozanova kabi kinoyulduzlar ijro etishgan. Film ssenariysi Snigir tomonidan yozilgan.

Suratga olish ishlari 2022-yilning fevral oyidan may oyigacha Moskva va Torjok shaharlarida boʻlib oʻtgan. Film Marmot-film leybli ostida namoyish etilgan.

Film haiqidagi fikrlar Film ProfiCinema veb-sayti bergan maʼlumotlarga koʻra yilning eng koʻp kutilgan filmlari roʻyxatiga kiritildi.

Film matbuotda deyarli faqat ijobiy sharhlarni oldiRetsenzii na film Za nas s vami (2023), otzivi. „Kino sanʼati“ jurnali muxbiri Yelena Stishova film haqida shunday yozgan: „Rejissyor yana bir bor bizning davrimizning ogʻriqli nuqtasiga urdi“Pro nas s vami. Valeriy Kichin esa „Film hech narsaga qaramay, qahramonlarga umid berishga qodir boʻlgan sevgining kuchayishi bilan tugaydi“ deb yozgan boʻlsa, Mixail Shukin „Rus ruhi va milliy hayoti uchun ideal metafora“ deb fikr bildirdiNoviy film Andreya Smirnova „Za nas s vami“ – iz tex, chto aktualni vsegda i vezde – Rossiyskaya gazetaSkazka straxov – „Za nas s vami“ Andreya Smirnova – Jurnal "Seans. Neytral, ijobiy boʻlmagan sharh faqat „Literaturnaya gazeta“ tomonidan nashr etilgan boʻlib, gazetadagi maqolada jurnalist Aleksandr Kondrashov quyidagicha fikr bildirgan: „Bu yerda hamma narsa muallifning fikriga qoʻshilishimiz uchun oʻylab topilgan“Jutkaya strana? / Literaturnaya gazeta.

Manbalar

Turkum:2023-yil filmlari Turkum:Andrey Smirnov filmlari