First Love (koreyscha: 첫사랑) – Bae Yong-Jun, Choi Soo-jong va Li Seung Yon bosh rollarni ijro etgan Janubiy Koreya teleseriali. Serial 1996-yil 7-sentabrdan 1997-yil 20-aprelgacha shanba va yakshanba kunlari soat 19:55 da KBS2 telekanalida efirga uzatilgan. Serial jami 66 qismdan iborat boʻlgan.

1997-yil 20-aprelda namoyish etilgan serialning yakuniy qismi 65,8% ovoz yigʻib, bir epizod uchun tomoshabinlar reytingi natijasiga koʻra barcha davrlardagi eng yuqori reytingga ega koreys dramalari orasida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Serialning umumiy barcha qismlari uchun oʻrtacha reyting 52,6% ni tashkil etdi. 1997-yilda serial Xitoy markaziy televideniyesida namoyish etildi va tijorat muvaffaqiyatiga erishdi.

Syujeti Aka-uka Sung Chan-Vu va Sung Chan-Xyuk singlisi Sung Chan-ok hamda otasi Sung Duk-ba bilan qishloqda yashaydilar hamda oddiy dehqon oilasi sifatida kun kechiradilar.

Qattiq mehnatkash boʻlgan Chan Vu hamda uning intiluvchan rassom boʻlgan katta akasi Chan Xyuklarning ikkalasi ham Xyo Kyunni sevib qolishadi. U Chan Xyukning sevgisini rad etadi. Ikkisining uchrashayotganini bilgandan soʻng, Chan-vuga uning atrofida yurish qiyin boʻladi, lekin u bilan doʻstona munosabatda boʻlishga harakat qiladi. Xyo Kyonning gangster otasi Li Chje Xa (Jo Kyung Xvan) uning kambagʻal rassom bilan uchrashishiga qarshi chiqadi.

Kutilmagan baxtsiz hodisa tufayli Chan Xyuk falaj boʻlib qoladi. Hozirda huquqshunoslik fakulteti talabasi boʻlgan Chan-vu oʻz karyerasidan voz kechadi va Xyo Kyung oilasidan oʻz oilasining iztiroblari uchun qasos olish maqsadida mafiyalar orasiga qoʻshiladi.

Serial davomida esa Chan-vu hamon Hyo Kyungni sevib yuradi, ammo uning sevgisi akasiga boʻlgan sadoqati va qasos olish istagi oʻrtasida qoladi. Shol boʻlib qolgan Chan-hyuk esa Xyo-Kyunga mehr qoʻya boshlaganida, u Chan-vuni sevib qoladi. Ularning bolalikdagi doʻsti Kang Suk Xi ham Chan-vuni sevib qoldi.

Rollarda Bae Yong-joon – Sung Chan-woo rolida Choi Soo-jong]] – Sung Chan-hyuk rolida Lee Seung-yeon – Lee Hyo-kyung rolida Song Chae-hwan – Sung Chan-ok (Chan-hyuk va Chan-wooning singlisi) rolida Choi Ji-woo – Kang Suk-hee rolida Park Sang-won – Kang Suk-jin (Suk-heening akasi) rolida Lee Hye-young – Park Shin-ja rolida Son Hyun-joo – Ju Jung-nam (gitarachi) rolida Bae Do-hwan – Oh Dong-pal rolida Jo Kyung-hwan – Lee Jae-ha (Hyo-kyungning otasi) rolida Yoon Mi-ra – Hyo-kyungning onasi rolida Kim In-moon – Sung Duk-bae (Chan-wooning otasi) rolida Jeon Yang-ja – Chairman Jun (Suk-jinning onasi) rolida Park Jung-soo – Shin-janing onasi rolida Kim Tae-woo – Park Hyung-ki (Chan-wooning sinfdoshi) rolida Song Hye-kyo – Hyo-kyungning oʻquvchisi rolida Cha Tae-hyun – Chan-wooning doʻsti rolida Michael Bratvold – fransuz oʻquvchi rolida

Xalqaro namoyishi Bae Yong-Junning „Qishki Sonatasi“ serialidan keyingi mashhurligi tufayli, „First Love“ seriali ham 2005-yilda Yaponiyaning NHK telekanalida namoyish etildi.

Manbalar

Turkum:Janubiy Koreya teleseriallari