Fatima Angelica Lontoc Cruz (7-dekabr 1966-yil; Amerika Qoʻshma Shtatlari) — ekranda Timmy Cruz nomi bilan tanilgan filippinlik qoʻshiqchi va kino aktrisasi.

Karyerasi Timmy Cruz 1980-yillarda oʻzining „Boy“, „Joke Lang“ va „Tingin“ kabi qoʻshiqlarini chiqardi hamda ushbu qoʻshiqlari orqali anchagina mashhur boʻldi.

Shuningdek, Viva Films tomonidan ishlab chiqarilgan „Kumander Bawang: Kalaban ng Mga Aswang“ (1988), „Kung Kasalanan Man“ (1989), „Pangarap Na Ginto“ (1990), „Di Na Natuto“ (1993) va „Sara Balabagan Story“ (1997) kabi mashhur filmlarda rol ijro etdi. U „Sheman: Mistress of the Universe“ filmida Joey de Leonning bosh xonimi, „Alfredo Lim: Batas ng Maynila“ filmida Eddie Garcia rolini hamda „Batas ng .45“ filmida Fernando Poe Jr. Rollarini oʻynash orqali shou-biznesda anchagina mashhurlikka erishgan.

Timmy Cruz „GMA Network“ teleserialida, „Villa Quintana“ (1995), "Halik sa Apoy " (1998) va "Sinner or Saint " (2011) filmlarida ham rol ijro etgan. Shuningdek, „ABS-CBN“ teleseriallarida, „Lobo“ (2008), „Love Is Only in the Movies“ (2010) va „Kapitan Inggo“ (2011) filmlarida ham chiqish qilgan.

Cruz 2009-yilda Fr. Neri Satur Environmental Heroism Award mukofotini qoʻlga kiritdi.

Shaxsiy hayoti Uning otasi Atty Angel Cruz va onasi Lourdes Lontok tadbirkor va fuqarolik yetakchisi boʻishgan. Cruz Filippin universitetida biznes boshqaruvi fakultetida, AQSHning Kaliforniya shtatidagi San-Fransisko universitetida esa bank va moliya fakultetida tahsil olgan.

Filmografiyasi Yil Film Rol Ishlab chiqaruvchi kompaniyasi 1988-yil Kumander Bawang: Kalaban ng Mga Aswang Carmen Viva Films Sheman: Mistress of the Universe Ligaya 1989-yil M&M, The Incredible Twins Kung Kasalanan Man 1990-yil Pangarap Na Ginto Sandy Lumaban Ka… Sagot Kita 1991-yil Batas ng .45 Gina de Jesus Chiba Far East Film International 1993-yil Di Na Natuto (Sorry Na, Puwede Ba?) Paula Viva Films 1995-yil Alfredo Lim: Batas ng Maynila Racquel 2011-yil My Neighbor’s Wife Jasminening onasi Regal Films 2013-yil The Bride and the Lover Baby Montes

Diskografiyasi Timmy Cruz (1987, Blackgold Records) Take Care (1988, Blackgold Records) Kakaiba (1990, Blackgold Records) Magka-ibigan (1992, Blackgold Records) UpTimmystic (Praise Records) In-Tim-8 (2010, Star Records)http://newsinfo.inquirer.net/164949/timmy-cruz-to-facilitate-talk-at-brahma-kumaris „Timmy Cruz to facilitate talk at Brahma Kumaris“http://www.pep.ph./spotlight/extra-extra/25860/timmy-cruz-returs-to-kapuso-network-in-afternoon-drama-series,-%20sinner-or-saint „Timmy Cruz returns to Kapuso Network in afternoon drama series, Sinner Or Saint“https://www.imdb.com/name/nm1424620/ „Timmy Cruz“

Manbalar

Havolalar