Bahodir Sayyidkamolov (; 1975-yil 27-oktyabrda tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi, Oʻzbekiston Superligasida Toshkentning „Paxtakor“, Namanganning „Navbahor“ klubida va Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. Maydonda yarim himoyachi pozitsiyasida harakat qilgan.
Futbolchilik faoliyati
Klub faoliyati Bahodir Toshkent futbol maktabi tarbiyalanuvchisi. Professional faoliyatini 1997-yil Chilonzor klubi tarkibida boshlagan. 1998-yilgi mavsumda Bekobodning „Metallurg“ jamoasi safida oʻtkazgan. 1999-yilgi mavsumda faoliaytini Namanganga yoʻnaltirdu va „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Ikki mavsum davomida „Navbahor lochinlari“ klubida oʻynagan.
2001-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va ikki mavsum poytaxt klubi tarkibida oʻynagan. 2002-yilgi mavsumda faoliyatida ilk bor Oʻzbekiston Superligasi chempioni va Oʻzbekiston Kubogi sohibi boʻlgan.
2003-yilgi mavsumda „Paxtakor“ klubi tarkibidagi raqobat sababli jamoani tark etgan va sobiq jamoasi „Navabhor“ klubi tarkibiga qaytgan. 2006-yilgi mavsumda Samarqandning „Dinamo“ jamoasiga oʻtgan va 2007-yilgi mavsumda faoliyatini yakunlagan.
Terma jamoadagi faoliyati Bahodir Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida 9 ta oʻyin oʻtkazgan. 2001-yil Merdeka Kubogida Bahrayn terma jamoasiga qarshi oʻyinda 2 ta gol urgan.
Terma jamoa uchun gollar Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.
№SanaStadionRaqibHisobNatijaMusoboqa1.2001-yil 24-iyun3–04–1Merdeka Kubogi 20012.2001-yil 28-iyun1–02–03.2–02–0
Yutuqlar
Klub Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2002
Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2002
Terma jamoa
Merdeka Kubogi gʻolibi: 2001
Manbalar
Havolalar
Bahodir Sayyidkamolov Transfermarkt saytida futbolchi profili Bahodir Sayyidkamolov Footballfactsru saytida futbolchi profili Bahodir Sayyidkamolov Teams saytida futbolchi profili
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Chilonzor klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar