Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi — Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahri Mirobod tumanining markazidagi Haydar Aliyev koʻchasi 9-uy manzilida joylashgan Madaniyat tashkiloti.

2013—2024-yillarda Ozarbayjon Respublikasi „Faxriy Madaniyat xodimi“ Samir Abbasov Madaniyat markazi direktori lavozimida ishlagan.

Markaz Ozarbayjon xalqining umummilliy lideri Haydar Aliyev nomini olgan boʻlib, Ozarbayjonnning Oʻzbekistondagi elchixonasi qoshida faoliyat koʻrsatadi. Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Toshkent shahrida ozarbayjonliklar ixcham shaklda yashaydigan Mirobod tumani Haydar Aliyev koʻchasida joylashgan va Markazning 3 qavatdan iborat muhtasham, Ozarbayjon milliy koloritlarini oʻzida aks ettirgan binosi mavjuddir.

Madaniyat Markazida Haydar Aliyev muzeyi, Ozarbayjon tarixi va davlatchilik muzeyi, Ozarbayjon-Oʻzbekiston doʻstligi muzeyi, „Olovlar yurti naqshlari“ Ozarbayjon gilamlari muzeyi va koʻrgazma zali, kutubxona, kurs va toʻgaraklar faoliyat olib boradi.

Bu kurslar Oʻzbekistondagi ozarbayjonliklar uchun bir maktab vazifasini ham bajaradi. Bu yerda ozarbayjon tili, Ozarbayjon tarixi, milliy raqslar, rasm, qoʻl ishlari, milliy musiqa asboblari boʻyicha toʻgaraklar faoliyat koʻrsatadi.

Oʻzbekistonda yashagan ozarbayjonliklar uchun Madaniyat Markazi muqaddas bir maskandir va Ozarbayjon bilan bogʻliq oʻtkaziladigan barcha tadbirlar Markaz oldidagi ochiq havoda umummilliy lider Haydar Aliyevning haykalini ziyorat qilish bilan boshlanadi.

Markaz Oʻzbekistonda oʻzining faolligi bilan alohida ajralib turadi va koʻp marotaba qardosh oʻlkaning „Yilning eng faol Madaniyat Markazi“ nomiga loyiq koʻrilgan.Daşkənddəki Heydər Əliyev adına Azərbaycan Mədəniyyət Mərkəzi „Ən fəal Mərkəz“ nominasiyasında qalib olub VİDEO

Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyixasi bilan 2015-yildan bugungi kungacha 100 dan ortiq nomda Ozarbayjon tarixi, davlatchiligi, madaniyati, adabiyotiga doir nashrlar Oʻzbek tiliga tarjima qilingan va Toshkentda chop etilgandir.

Tarixi

Markazning ochilishi thumb|left|300px|Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining ochilishi

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining 2010-yil 27-sentyabrda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri (hozirgi Prezidenti) Shavkat Mirziyoyev tomonidan ochilishi boʻlib oʻtgan. Daşkənddə ulu öndər Heydər Əliyev adına Azərbaycan mədəniyyəti mərkəzinin açılışı olmuşdur . president.az, 27.09.2010 Prezident Ilhom Aliyev markazning qarshisida ulugʻ yoʻlboshchi Haydar Aliyev yodgorligi oldiga guldasta qoʻygan.

Bino bilan tanishish vaqtida maʼlumot berildiki, ozarbayjonliklarning ixcham yashaydigan Toshkentdagi Mirobod tumanining markazidagi Haydar Aliyev koʻchasida joylashgan markazda Haydar Aliyev, Ozarbayjon tarixi va davlatchiligi muzeyi, Ozarbayjon va Oʻzbekistonning mushtarak doʻstlik muzeylari faoliyat koʻrsatadi.

Prezident Ilhom Aliyev avvalo Haydar Aliyev muzeyi bilan tanishdi. Bu yerda umummilliy liderning hayoti va faoliyatining turli davrlarini aks ettirgan materiallar, davlat rahbarlari bilan uchrashuvlarini abadiy muhrlagan fotohujjatlar, buyuk shaxslarning Haydar Aliyev haqidagi fikrlari toʻplangandir. thumb|right|300px|Ozarbayjon Madaniyat Markazining ochilishi Ozarbayjon tarixi va davlatchiligi muzeyi bilan tanishish jarayonida Prezident Ilhom Aliyevga oʻz vaqtida 400 ming kvadrat kilometr maydonga ega boʻlgan respublikamiz xaritalari, tarixiy hujjatlar, buyuk shaxsiyatlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Ozarbayjon va Oʻzbekiston doʻstlik muzeyida toʻplangan eksponatlar esa oʻlkalarimiz orasida qadimiy tarixi va madaniy aloqalari, shuningdek, bugun rivoj topgan munosabatlarimiz haqida soʻz yuritadi.

Prezident Ilhom Aliyev Markazning konferensiya zalini koʻzdan kechirdi.

Maʼlumot berildiki, kelgusida Madaniyat Markazida Ozarbayjonning musiqa, raqs va folklor ansambllari ham faoliyat koʻrsatadi. Bundan boshqa, bu yerda Ozarbayjon maktabi va kutubxona ham yaratilgandir.

thumb|left|300px|Ozarbayjon Madaniyat Markazining ochilishi Markazning ochilishi munosabati bilan yurtdoshlarimizni tabriklagan Prezident Ilhom Aliyev dediki:

Tadbir ishtirokchilari xalqlarimiz orasidagi doʻstlik va qardoshlik aloqalarining yuksalishiga bergan tuhfalari uchun Ozarbayjon Prezidentiga yana bir bor tashakkur bildirdilar.

Keyin esa esdalik suratlari olindi.

Undan keyin Prezident Ilhom Aliyev Madaniyat Markazining koʻrgazma zalida Samarqandda yashagan marhum ozarbayjonlik haykaltarosh Eynulla Aliyevning asarlaridan iborat koʻrgazma bilan tanishdi.

Muzeylar

Haydar Aliyev muzeyi Haydar Aliyev muzeyi mustaqil Ozarbayjon meʼmori, bunyodkori, xalqimizning umummilliy lideri Haydar Aliyevning aziz xotirasiga bagʻishlangandir.

Muzey bir koʻrgazma zalidan, koʻplab fotostentdan, 10 vitrindan, 77 ta fotosuratdan, 52 ta kitobdan iborat boʻlib, ulugʻ yoʻlboshchi Haydar Aliyevning hayoti, uning bolaligi va yoshlik yillariga bagʻishlangan stendlar, uning boshqa davlat rahbarlari bilan uchrashuvlari haqidagi fotohujjatlar, mashhur shaxsiyatlarning Haydar Aliyev haqidagi fikrlari yozilgan qaydlari saqlanadi.

Muzeyning eng qiziqarli boʻlimlaridan biri ham ulugʻ yoʻlboshchining turli davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvlarini aks ettirgan fotosuratlardir. „Haydar Aliyev — madaniy merosimiz posboni“, „Mustaqillik yoʻllarida“, „Mustaqilligimiz abadiydir“, „Taʼlim millat kelajagidir“ va boshqa kitoblari namoyish etilgan.

Muzeyda yaratilgan sharoit asosida bu yerda koʻplab seminarlar, tadbirlar, taqdimotlar oʻtkaziladi. Haydar Aliyev muzeyida tashkil etilgan davra stoli atrofida 50-100 nafar ishtirokchidan iborat tadbirlar oʻtkazish imkoni yaratilgandir. Bu esa Haydar Aliyev muzeyining yanada keng targʻibotiga, doimiy ish holatida boʻlishiga imkon beradi.

Ulugʻ yoʻlboshchi Haydar Aliyev merosining targʻibotiga navbatdagi tuhfa oʻlaroq 2018-yilda Ozarbayjon Madaniyat Markazining buyurtmasi bilan Haydar Aliyevning byusti tayyorlangandir. Tayyorlangan byust Madaniyat Markazining Haydar Aliyev muzeyida doimiy oʻlaroq namoyish ettiriladi.

Ozarbayjon xalqining umummilliy lideri Haydar Aliyevning Ozarbayjon-Oʻzbekiston doʻstligining mustahkamlanishida roli beqiyosdir. U ham Sovetlar davrida, hamda Ozarbayjon mustaqillikni qoʻlga kiritganidan keyin hamisha Oʻzbekiston bilan bogʻliq munoasbatlarga alohida ahamiyat qaratgan, uning Oʻzbekistonga safarlari, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining faxriy doktori unvoniga munosib koʻrilishi, Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov bilan doʻstlik aloqalari Oʻzbekistonda hamisha eslanadi.

Toshkentdagi taʼlim muassasalarida oʻqigan talabalar va maktab oʻquvchilari muzeyni doimiy tarzda ziyorat qiladi va Muzeyda ochiq darslar tashkil etiladi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda yashagan ozarbayjonliklar, shuningdek, Madaniyat Markazining rasmiy mehmonlari ham muzeyning doimiy ziyoratchilaridir.

Ozarbayjon tarixi va davlatchiligi muzeyi „Ozarbayjon tarixi va davlatchiligi muzeyi“ning ochilishi Ozarbayjon Xalq Jumhuriyatining 100 yilligi va Ozarbayjonning yangidan mustaqillikning qoʻlga kiritganining 27 yillligiga bagʻishlangan.

„Ozarbayjon tarixi va davlatchiligi“ muzeyida dunyodagi eng qadimiy inson yashagan maskanlardan biri boʻlgan Azigʻ gʻori, Qobuston — qadimiy inson yashagan turar-joy, Boku shahrida joylashgan Icharishahar yodgorliklar majmuasi, Iravon shahridagi „Goʻy masjid“, Xudofarin koʻprigi, shuningdek, Ozarbayjonning Qorabogʻ hududida joylashgan tarixiy yodgorliklarning maketlari oʻrin olgan.

Muzeyda „Anʼanaviy Ozarbayjon qishloqlarining uyi“ nomli burchakda har kuni foydalanilgan buyumlar, mehnat qurollari va uy-roʻzgʻor asboblari, koʻplab eksponatlar va kompozitsiyalar oʻrin olgan.

Bundan tashqari, eng qadimiy davrlardan zamonaviy davrgacha Ozarbayjon davlatlari — Manna, Midiya, Ozarbayjon tarixining shonli sahifasi — Safaviylar imperiyasi, Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati va mustaqil Ozarbayjonga oid tarixiy xaritalar, boʻlimlar, shuningdek mustaqillik qoʻlga kiritilganidan keyin oʻlkamizning amalga oshirgan buyuk loyihalarga oid burchaklar yaratilgan, qadimiy va zamonaviy pul namunalari muzeyda yaratilgan maxsus burchaklarda namoyish ettiriladi.

Aytish joizki, muzeyda yaratilgan stendlarda „Ozarbayjon milliy musiqa asboblari“, „Misgarlik sanʼatiga oid qadimiy idishlar“, „Davlat ramzlarimiz“ namoyish qilinadi.

Muzeyda dunyoning eng qadimiy xalqlaridan biri boʻlgan Ozarbayjon xalqining oʻz qadimiy tarixi, moddiy-madaniy yodgorliklari, boy anʼanalari, adabiyoti, sanʼati va musiqa madaniyati bilan bogʻliq qiziqarli eksponatlar va kompozitsiyalar oʻrin olgan.

Ozarbayjonning soʻnggi yillarda erishgan yutuqlari, prezident Ilhom Aliyevning rahbarligi bilan amalga oshirilgan va dunyoning eng katta loyihalaridan biri boʻlgan — Boku-Tbilisi-Jeyhan neft quvuri, Boku-Tbilisi-Kars temiryoʻli loyihasi va boshqa loyihalar haqida maxsus boʻlim tashkil qilingan.

„Ozarbayjon tarixi va davlatchiligi muzeyi“ga Toshkentda joylashgan oliy va oʻrta taʼlim muassasalari talabalari uchun doimiy tarzda ekskursiyalar tashkil etiladi va bu yerda milliy madaniyatimizga, tariximizga doir tadbirlar oʻtkaziladi.

Ozarbayjon-Oʻzbekiston Doʻstlik Muzeyi 2023-yilda Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida Ozarbayjon xalqining Umummilliy lideri Haydar Aliyevning 100 yillik yubileyiga bagʻishlangan Ozarbayjon-Oʻzbekiston Doʻstlik Muzeyining ochilish marosimi boʻlib oʻtgan.

Doʻstlik muzeyida davlat rahbarlarimiz Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyevning uchrashuvlari, ularning oʻlkalarimiz oʻrtasidagi tarixiy doʻstlik va qardoshlik, xalqlarimizning yaqinligi bilan bogʻliq fikr va shiorlari, 2020-yilda Ozarbayjon Oliy Bosh Qoʻmondoni Ilhom Aliyevning rahbarligi bilan qahramon Armiyamizning Vatan tuproqlarimizni arman ishgʻolchilaridan ozod etilishiga oid fotostendlar joylashtirilgan.

Muzeyning markaziy qismida Ozarbayjon va Oʻzbek xalqlarini birlashtirgan qadriyatlarga oid Ozarbayjon rassomlari tomonidan chizilgan unikal rasm, shuningdek, xalqlarimizning yaqinligini koʻrsatadigan mushtarak qadriyatimiz boʻgan tilimiz, dinimiz, milliy bayramimiz boʻlgan Navroʻz, mugʻom va maqom sanʼati, oshiq va baxshichilik sanʼati, har ikki oʻlkada oʻtkaziladigan xalqaro musiqiy festivallariga doir stendlar, burchaklar, maketlar, kiyimlar, milliy musiqa asboblarimiz va koʻplab eksponatlar namoyish qilinadi.

Muzeyning „Oʻzbekistonda tanilgan ozarbayjonliklar“ nomli boʻlimida qardosh Oʻzbekistonning ijtimoiy, madaniy hayotida faol ishtirok etgan Said Rizo Alizoda, shoirlar Maqsud Shayxzoda, Ixtiyor Rizo, davlat xodimi Oydin Azimboyev, haykaltarosh Eynulla Aliyev, rassom Yusif Husaynovning byustlari, ularning asarlari va shaxsiy buyumlari taqdim etiladi.

„Olovlar yurti naqshlari“ Ozarbayjon gilamlari muzeyi va koʻrgazma zali

„Olovlar yurti naqshlari“ Ozarbayjon gilamlari muzeyi va Ozarbayjonning 7 ta asosiy gilamdoʻzlik maktabini oʻz ichiga olgan doimiy koʻrgazma zalida turli naqsh elementlari va tasvirlar bilan bezatilgan, popukli va popuksiz gilamlar namoyish etiladi.

Koʻrgazmalar zalida Shirvon, Qorabogʻ, Iravon, Darbant, Guba, Naxchivon, Gazax-Borchali va boshqa hududlarda qoʻlda toʻqilgan gilamlar namoyish etiladi. Zaldagi koʻrgazma stendida Ozarbayjon gilamdoʻzlik maktabiga oid jami 30 ga yaqin qadimiy va noyob gilamlar, shuningdek, Ozarbayjon gilamlari sanʼatini aks ettirgan kitob koʻrgazmasi, qoʻlda gilam toʻqish uchun ishlatiladigan dastgoh ham namoyish qilinadi.

Devorga oʻrnatilgan stendlarda Ozarbayjonning turli hududlarida ishlab chiqarilgan gilamlar doimiy ravishda koʻrgazmada turadi, qolaversa ular haqida 3 tilda (oʻzbek, rus va ingliz) yozilgan maʼlumot lavhalari mavjud.