Andrey Nascimento dos Santos (2004-yil 3-may) – Braziliyalik professional futbolchi, Angliya Premyer ligasining Chelsea klubi va Braziliya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi.

Klublardagi karyerasi

Vasco da Gama Toʻrt yoshida Santos ortiqcha vaznini yoʻqotish maqsadida futzal bilan shugʻullanishin boshlagan. Unda bu oʻyinga boʻlgan muhabbat paydo boʻladi va keyinchalik Vasco da Gama jamoasi yoshlar akademiyasida dastlab himoyachi, keyinchalik esa yarim himoyachi sifatida toʻp surishni boshlaydi.

2021-yil 6-mart kuni Santos 16 yoshida Campeonato Carioca turniri doirasida zaxiradan maydonga tushgan holda katta futboldagi debyutini oʻtkazadi. Uning ligadagi debyuiti esa 2021-yil 28-noyabrda Londrina klubiga qarshi uchrashuvda qayd etildi.

Chelsea 2023-yilning 6-yanvarida Santos Vasco da Gama Santos klubni tark etib Chelsea safiga qoʻshilishi maʼlum qilindi.

Vasco da Gama (ijara) 2023-yil 2-mart kuni yarim himoyachi ijara asosida sobiq klubi safiga borib qoʻshildi va u yerda 30-iyunga qadar toʻp surdi.

Nottingham Forest (ijara) 2023-yil 25-avgust kuni Chelsea Santosning Nottingham Forest klubi bilan ijara shartnoma imzolaganini maʼlum qildi. Ushbu klubdagi debyutini Premyer liga doirasida Anfield stadionida boʻlib oʻtgan Liverpool jamoasiga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan. Santos 5 oy davomida Nottingham safida atigi ikki oʻyin oʻtkazgan holda oʻyin amaliyoti yetishmovchiligi sabab londonliklar safiga qaytarildi.

Strasburg (ijara) 2024-yil 1-fevral kuni Santos Liga 1 jamoasi Strasburgga mavsum oxiriga qadar ijaraga berildi.

Statistika

+Klub safidagi liga oʻyinlari doirasidagi va umumiy statistikaKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarVasco da Gama2021Campeonato Brasileiro Serie B10202022338368Umumiy348388Chelsea2022–23Premyer Liga00002023–240000Umumiy0000Vasco da Gama (ijara)2023Campeonato Brasileiro Serie A61111Nottingham Forest (ijara)2023–24Premyer Liga1020Strasburg (ijara)2023–24Liga 1111111Umumiy52106210

Terma jamoa

+Terma jamoa safidagi statistikasiMilliy jamoaYilOʻyinlarGollarBraziliya202310Umumiy10

Manbalar

Havolalar

Chelsea FC veb-saytidagi futbolchi Profili

Turkum:2004-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari

Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Nottingham Forest F.C. futbolchilari

Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Braziliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar