Toʻqqiz ajdaho (; ) – xitoylik rassom Chen Rongning hendskrol uslubidagi rasmiEast. 1244-yilda chizilgan ushbu rasmda bulut va tumanlar hamda togʻlar va olov orasidan koʻtarilayotgan 9 ta ajdaholar tasvirlangan. Kartina Daosizmdagi tabiatning dinamik kuchlari va Dao gʻoyalariga ishora qiladi. Undagi ajdaholar Ajdarlar qirolining oʻgʻillari sifatida eʼtirof etilgan. Ularning soni toʻqqizta ekani sababi esa ushbu raqamning Xitoy astrologiyasi va xalq eʼtiqodida muqaddas deb hisoblanishi bilan bogʻliq.

17-asrda asar shahzoda Geng Jimaoning oʻgʻli va Shunji imperatorining saroy xizmatchisi Geng Chjaozhongga (1640-1686) tegishli edi. Keyinchalik Qianlong imperatori (1711–1799) uni Jiaqing imperatoriga (1760–1820) topshirgan va ehtimol u keyingi Qing imperatorlaridan biri Zhang Hongxing, „The Nineteenth-Century Provenance of the Admonitions Scroll: A Hypothesis“, in Gu Kaizhi and the Admonitions Scroll, ed. S. McCausland (London, 2003), p. 278. tomonidan shahzoda Gongga (1833–1898) berilgan. Kartina 1917-yil 14-iyunda „Yamanaka and Co.“ kompaniyasi tomonidan Boston tasviriy sanʼat muzeyiga 25 000 dollarga sotilganMuseum of Fine Arts Boston 17.1697.

Bir nechta epizodlarni oʻz ichiga olgan kartinani oʻqish oʻng tomondan boshlanib, chapda tugaydi. Chap tomonda kolofonlar (asar haqida kichik maʼlumot) bor. Ular orasida Chjan Sicheng va Dong Sikyu kabi Sun sulolasi amaldorlariga tegishli yozuvlar ham mavjud. Ikkita yozuvni esa rassomning oʻzi yozgan.

Manbalar

Turkum:Rasmlar