Sidi Xolid masjidi (arabcha: مسجد سيدي خالد, fransuzcha: Mosquée de Sidi Khaled) – Jazoirning Biskra shahridagi Sidi Xolid shaharchasida joylashgan tarixiy masjid va maqbara. U Jazoirning milliy meros obyektlaridan biridir.

Masjidda islomgacha boʻlgan ilk din arbobi, Ismoilning avlodi deb aytilgan Xolid bin Sinanning qabri borligi taxmin qilinadi. Mahalliy urf-odatlar uning Jazoirda dafn etilganligini tasdiqlaydi, lekin ularning asosiy qismi fantastik afsonalarga oʻxshab ketadi.

Tarixi Sidi Xolid masjidi Jazoirdagi eng qadimiy masjidlardan biri boʻlganTurkum:CS1 Arabic-language sources (ar). Jazoirlik olim Abdurahmon al-Axdoriy Biskrada joylashgan Xolid bin Sinanga bagʻishlangan qabrni ziyorat qilganTurkum:CS1 Arabic-language sources (ar). Qabrni ziyorat qilganida Xolid bin Sinan haqida sheʼr ham yozgan. Biroq, baʼzi tarixchilar sheʼrning haqiqiyligiga va uni Al-Axdoriy tomonidan yozilgan boʻlishi mumkinligiga shubha qilishadi. Shunga qaramay, Al-Axdoriy qabr haqida birinchilardan boʻlib yozgan va baʼzi fikrlarga koʻra hatto inshootning asoschisi deb ham hisoblangan. Sayohatchi Abu Nasr Samarqandiy 1668-yilda bu qabr haqida yozgan va uni madrasaga biriktirilgan katta masjid ichida joylashganini taʼriflagan.

Zamonaviy tarixi 1912-yilda sodir boʻlgan suv toshqinlari masjid va uning maqbarasini vayron qilgan. Besh yil oʻtgach, Biskra aholisi taniqli meʼmorlar yordamida maqbarani qayta qurishgan. 1999-yilda masjid va uning maqbarasi Jazoir milliy merosi yodgorligi sifatida tasniflangan. Hozirgi tuzilma 1917-yildagi rekonstruksiya boʻlib, binoning qolgan qismini toʻliq qayta taʼmmirlash uchun qoʻshimcha olti yil kerak boʻlgan.

Soʻnggi paytlarda masjidning holati yomonlashgan, masalan, devorlarda yoriqlar paydo boʻlganligi sababli hukumat tomonidan restavratsiya loyihasiga kiritilgan. Ushbu restavratsiya loyihasini tashkil etish uchun Madaniyat vazirligi mas’ul boʻlgan. Biroq, loyiha kechiktirilgan va toʻxtatib qoʻyilgan. 2021-yilda ham, loyiha kechiktirilgan va boshqa yangilanishlar qilinmagan, shuningdek, tomning qulashi xavfi borligi xabar qilingan. Qanday boʻlmasin, bu joy hali ham Biskra aholisi orasida mashhur boʻlib, ular odatda Ramazon oyining 26-kuni bu yerga tashrif buyurishadi.

Galereya

Yana qarang

Jazoirda Islom Jazoirdagi masjidlar roʻyxati Manbalar

Turkum:Ibodatxonalar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Jazoirdagi maqbaralar Turkum:Soʻfiy ziyoratgohlari Turkum:Jazoirdagi masjidlar