All of the Stars – ingliz qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisi Ed Sheeranning qoʻshigʻi. Tarona 2014-yilda suratga olingan „Yulduzlar aybdormi“ filmida saundtrek sifatida ishlatilib, „The Fault in Our Stars (Music from the Motion Picture)“ saundtrek albomining birinchi treki boʻlgan. Shuningdek, Sheeranning „x“ (2014) nomli ikkinchi studiyaviy albomiga ham bonus trek sifatida kiritilgan.
Sheeranning taʼkidlashicha, qoʻshiq „butun film syujetidan ilhomlanilgan, shunchaki qaygʻuli, ammo odamlarni kayfiyatini biroz koʻtarishni xohlaydi“Schillaci, Sophie. „Ed Sheeranʼs Fault in Our Stars Song 'Means So Much' to Author John Green“, The Hollywood Reporter, 14 May 2014, accessed 21 August 2015. Filmda saraton kasalligiga chalingan bir oʻsmir bolaning boshqa bir saraton kasaliga chalingan qizga oshiq boʻlgani va oʻlim qarshisida sevgining ahamiyati haqida soʻz boradiBerman, Eliza. „How The Fault in Our Stars Dramatically Improves the 'Sick Flick'“, Slate.com, 5 June 2014, 21 August 2015.
2014-yilda Sheeran qoʻshiqchi Christina Grimmiega qoʻshilib, „The Voice“ loyihasining 6-mavsumi finalida ushbu qoʻshiqni ijro etgan.
Klipi Qoʻshiq uchun ishlangan musiqiy videoning premyerasi 2014-yil 9-may kuni Ed Sheeranning YouTube kanalida boʻlib oʻtgan. Videoda filmdan yangi kadrlar yoʻq edi, biroq unda muxlislar tomonidan yuborilgan „Hammasi goʻzal“, „Sen yuk emassan“ kabi dalda beruvchi xabarlar mavjud edi.
Koverlari Jackie Evancho 2015-yil avgust oyida qoʻshiqning kover versiyasi va unga ishlangan videoni chiqarganEvancho, Jackie. „All of the Stars“, Sony Music Entertainment, 21 August 2015„All of the Stars“, Amazon.com, 21 August 2015 ASIN B013XBYSE6.
Chartlar Chart (2014) Oʻrin
Manbalar
Turkum:Ed Sheeran qoʻshiqlari Turkum:2014-yil qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar