Kanada ayollar milliy kengashi (NCWC, (CNFC)) – Kanadaning Ontario shtati Ottava shahrida joylashgan hamda ayollar, oilalar va muayyan guruhlar holatllarini yaxshilashga qaratilgan advokatlik tashkiloti. Xalqaro Ayollar Kengashining (ICW) Kanadadagi vakili. Kengash ayollarning saylov huquqi, immigratsiya, sogʻliqni saqlash, taʼlim, ommaviy axborot vositalari, atrof-muhit va boshqa koʻplab sohalarda faoliyat yuritgan. Bu kengash 1893-yilning 27-oktabrida Ontario shtatining Toronto shahrida tashkil etilgan boʻlib, mamlakatdagi eng qadimgi advokatlik tashkilotlaridan biri hisoblangan. 1893-yilda Kanada milliy ayollar kengashining birinchi prezidenti etib Lady Aberdeen saylangan. Kengashning taniqli rahbarlari orasida Lady Gzowski, Dr. Augusta Stowe-Gullen va Adelaide Hoodlesslar bor boʻlgan.

Tashkil topishi Xalqaro Ayollar Kengashi 1888-yilda Vashingtonda tashkil etildi. 1893-yilning may oyiga kelib, Xalqaro Ayollar Kengashining Butunjahon ayollar kongressi Chikagoda yigʻilib, Kanadada ham kengash tashkil etish masalasini muhokama qildi. 27-oktyabr kuni Torontodagi Allan bogʻining katta maydonidagi ommaviy yigʻilishda kengash rasman ochildi. Oʻsha paytdagi general-gubernator Jon Kempbell Hamilton-Gordonning rafiqasi Lady Aberdeen raislik qilgan yigʻilishda 1500 dan ortiq ayollar ishtirok etdi. Ledy Aberdeen 1899-yilda isteʼfoga chiqqunga qadar kengashning birinchi prezidenti boʻlib ishladi. Keyinchalik uning oʻrnini Ledy Taylor egalladi.

Faoliyati Kengash maʼlum masalalar boʻyicha maslahatchi rolini bajardi. Ular oʻzlarining takliflarini mamlakat miqyosida oʻrganib chiqib tayyorlashganidan keyin muhokama qilinib ovozga qoʻyiladi. Agar ular qabul qilinsa, bu takliflar qonunga aylanadi. Shundan keyin, kengash qisqacha maʼlumotlarni (qonunga oid rasmiy hujjatlar) huddi hukumat kabi yaratadi va rasmiy idoralarga taqdim etadi. Kengashning vakillari Millatlar Ligasi kabi tashkilotlarda ishlagan.

Kengash Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi (ECOSOC) huzurida maslahatchi maqomga (II) ega.

Taniqli aʼzolari

Kengashning bir nechta aʼzolari Kanada kengashi tarixida muhim rol oʻynadi. Ledy Aberdeen Ayollar milliy kengashi Kanada boʻlimining shakllanishida muhim rol oʻynadi. Boshqalarning oʻzgacha fikrda boʻlishlariga qaramay, u birinchilardan boʻlib tashkilotni yaratish haqidagi gʻoyasi bilan chiqqan edi. Kengashning aʼzolaridan biri Augusta Stowe-Gullen, Kanadada tibbiyot sohasida ilmiy darajaga ega boʻlgan birinchi ayol boʻldi va ayollarning saylov huquqi harakatida muhim shaxslardan biri edi"National Council of Women of Canada". The Canadian Encyclopedia. Retrieved 2008-09-02.. Matilda Ridout Edgar (1844–1910) 1906-1909-yillarda prezident boʻlgan. U tarixchi va feminist edi. Prezident Winnifred Kydd Millatlar Ligasi aʼzosi boʻlgan. 1930-yilda kengashning aʼzosi Cairine Wilson Kanadaning birinchi ayol senatori boʻldiNational Council of Women of Canada". The Canadian Encyclopedia. Retrieved 2008-09-02. Mashhur beshlikning har biri (Emily Murphy, Irene Parlby, Nellie McClung, Louise McKinney, Henrietta Edwards) kengash aʼzolari edi. Edith Archibald 1880-yilda kengashni biroz muddatga boshqargan.

Manbalar

Turkum:Ayol jamoatchilar Turkum:Tashkilotlar Adobiyotlar

Kinahan, Anne-Marie. "Transcendent Citizenship: Suffrage, the National Council of Women of Canada, and the Politics of Organized Womanhood," Journal of Canadian Studies (2008) 42#3 pp 5–27

Havolalar