Hit the Road Jack – Amerikalik qoʻshiqchisi Ray Charles tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. Qoʻshiq 1961-yil AQShda eng yaxshi hit deb topilgan va Best Rythm and Blues Recording yoʻnalishida Grammy mukofotiga sazovor boʻlgan.
Tarixi Qoʻshiqni dastlab 1960-yilda Percy Mayfield tomonidan yozilgan va a cappella demo sifatida Art Rupega taqdim etilgan. Keyinchalik trek Ray Charles tomonidan ijro etilgandan soʻng mashhurlikka erishgan.
Qoʻshiq 1961-yil 9-oktyabr, dushanba kuni taqdim etildi va shu kundan boshlab Billboard Hot 100 chartida ikki hafta davomida birinchi oʻrinni egalladi. Hit the Road Jack eng Best Rythm and Blues Recording yoʻnalishida Grammy mukofotiga sazovor boʻlgan. Qoʻshiq Rolling Stone jurnalining "Barcha davrlarning eng yaxshi 500 qoʻshiqlari reytingida 2010-yil natijalariga koʻra 387-oʻrin va 2004-yilgi reytingda 377-oʻrindan joy olgan edi.
Manbalar
Turkum:Ray Charsel qoʻshiqlari Turkum:1961-yil qoʻshiqlari Turkum:Ray Charles qoʻshiqlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar