Solih Kamboh masjidi – Pokistonning Panjob viloyati Lahor shahrida joylashgan masjid. Masjid Boburiy imperatori Shoh Jahon davrida saroy tarixchisi Muhammad Solih Kamboh tomonidan qurilgan. Masjid Avrangzeb davrida qurilgan boʻlsa-da, u Shohjahoniy meʼmorchiligining xususiyatlarini oʻz ichiga oladi.
Tarixi Muhammad Solih Kamboh Boburiylar imperatori Shoh Jahon davrida xattot va saroy tarixchisi boʻlgan. U Shoh Jahonning tarjimai holi boʻlmish "Shohjahannoma" ni tuzgan. Besh yuz askardan iborat qoʻshinning qoʻmondoni boʻlishdan tashqari, Panjob viloyatining gubernatori sifatida ham xizmat qilgan. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, u Bengal gubernatori Islomxon II davrida janglarda halok boʻlgan. Masjid 1659-yilda Solih Kamboh tomonidan qurilgan.
Arxitekturasi thumb|Masjid namozxonasi Masjid Boburiy imperatori Avrangzeb davrida qurilgan boʻlsa-da, masjidda Shoh Jahon davrining meʼmoriy xususiyatlari mavjud. Masjid uchta gumbazli. Fasad rekonstruksiya qilingan boʻlsa-da, unda hali ham masjid nomining yozuvi saqlanib qolgan. Pakistan Today gazetasining yozishicha, ichki devorlar bir vaqtlar Vazir Xon masjidi va Sunehri masjidi devorlari kabi bezatilgan.
Rai Bahodur Kanhaiyalal oʻzining "Tareek-e-Lahor" kitobida shunday yozgan:
Muhofaza qilish Mahalliy tashkilot boʻlmish „Anjuman-e-Tajran Mochi darvozasi“ masjidni saqlash uchun javobgardir. Panjob viloyati Arxeologiya boshqarmasi masjidni muhofaza qilinadigan yodgorlik deb eʼlon qilgan. Masjid hududiga zarar yetkazayotgan doʻkonlar ham mavjud.
Manbalar
Turkum:17-asr masjidlari Turkum:Lahordagi masjidlar Turkum:Boburiylar masjidlari Turkum:Lohur