Kumayl ibn Ziyod maqbarasi (arabcha:ضريح كميل بن زياد) – toʻrtinchi roshidun xalifasi Ali ibn Abu Tolibning hamrohi Kumayl ibn Ziyod an-Naxaiyga atab qurilgan ziyoratgoh. U Iroqning Najaf va Kufa shaharlarida, Al-Hanna masjidiga tutash hududda joylashgan.
Tarixi thumb|1950-yillardagi asl ziyoratgoh binosi. Kumayl ibn Ziyod Al-Hajjoj ibn Yusuf tomonidan oʻldirilganidan keyin bu yerda dafn etilgan va qabri ustiga ziyoratgoh qurilgan. Ziyoratgoh 1950-yilda Imom Ali ziyoratgohi vasiysi shayx Ali al-Bagʻdodiy tomonidan qurilgan. Keyinchalik bu joy 1970-yillarda kengaytirilgan. Ziyoratgoh ustidagi gumbaz 2000-yilda savdogar hoji Abdul-Husayn as-Saraf ziyoratgohni restavratsiya qilishni moliyalashtirgan vaqtida almashtirilgan. Keyin 2007-yilda Najaf hukumati ziyoratgohni kengaytirish va taʼmirlash uchun mablagʻ ajratgan. 2009-yilda ziyoratgoh hovlisi rekonstruksiya qilingan, drenaj tizimlari ham taʼmirlangan.
Arxitekturasi Ziyoratgoh zamonaviy inshoot boʻlib, asl binosining qurilishi 1950-yilga borib taqaladi. Ziyoratgoh gumbazi koshinlar bilan qoplangan boʻlib, ustiga 12 imomning ismlari bitilgan. Kumayl qabri gumbaz ostida joylashgan boʻlib, ziyoratgohda Kumayldan tashqari Ali ibn Abu Tolibga ergashgan boshqa sahobalarining qabri ham bor. Ziyoratgohning pol va devorlari italyan alabastri bilan qoplangan.
Galereya
Yana qarang
Imom Ali masjidi Iroqdagi masjidlar roʻyxati Manbalar
Turkum:Iroqdagi maqbaralar