Aruna Beth Abrams(1975-yil 16-yanvar)Result on the familysearch.org website that lists her date of birth, (accessed December 7, 2014) Amerikalik qoʻshiqchi, musiqa yozuvchi, DJ, produser va pianist. U 2007-yildan beri mashhur raqsbob qoʻshiqlar aytuvchi xonanda sifatida tanilgan boʻlsada, 2011-yildan boshlab DJ va oʻz qoʻshiqlarining produseri boʻlib ishlagan. U AQSHning Los Angeles, California shtatlarida yashagan.
Yoshligi va ilk faoliyat yillari Klinik farmasevtika tadqiqotchisi Beatrice va Larry S. Abramsning qizi Aruna New Jersey shtatining Flemington shahrida ulgʻayganLarry S. Abrams listing on Biomedexperts.com, (accessed December 6, 2014). Uning hindchada „quyosh chiqishi“ maʼnosini anglatuvchi ismi hindistonlik choʻqintirgan otasi tomonidan qoʻyilgan. U boshlanishida klassik fortepianoni, keyinroq jazz improvizatsiyasini oʻrgangan va keyinchalik oʻz shahrini tark etib, Bostondagi Berkli musiqa kollejida pianino, shuningdek, filmlar yozish va elektron musiqa yaratishni oʻrganadi. 1996-yilda u „progressiv metall“ yoʻnalishida ijod qiluvchi Cynic guruhi aʼzolari bilan birgalikda „Portal“ loyihasi ustida ishlagan va bu loyihaga qoʻshiqchilik va pianinochilik qilish orqali oʻz hissasini qoʻshganDiscogs.com entry for The Portal Tapes, (accessed December 7, 2014).. 2012-yilda esa bu loyiha natijasi sifatida Cynic nomi ostida The Portal Tapes musiqa albomi ommaga taqdim etiladi va muxlislar tomonidan iliq kutib olinadiBandcamp listing for the Portal Tapes compilation album, (accessed December 7, 2014).. Abrams Berklee musiqa kollejidagi musiqa yaratish, audio tahrirlash va ovoz dizayni boʻyicha kurslarni tamomlaydi va u bu kollejni 2002-yilda tugatadiListing under 1999 Berklee Today a – Alumnotes, (accessed December 7, 2014).
U ulgʻaygani sari koʻproq 70-80- yillarning pop musiqalariga qiziqa boshlagan. U birinchi ish faoliyatini Bostondagi mahalliy qahvaxonalarda akustik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis sifatida chiqishdan boshlaydiSoundClick artist: Aruna listing and interview, (accessed, December 7, 2014).. Dastlab u Alen Mallet va Kevin Killen tomonidan yaratilgan „ Broken Circles“ uch musiqadan iborat demosini yozib oladi. 2000-yilda esa u The Girls Room Tourda vitrinaning Boston shousi ochilish marosimida „morosimni ochib beruvchi musiqachi“ sifatida tanlangan.
Kollejni tugatgach, Abrams Los-Anjelesga koʻchib oʻtadi. 2004-yilda oʻzi yozgan va oʻzi bastalagan birinchi toʻliq metrajli „Running Red Lights“ albomini chiqaradi. Aruna estrada qoʻshiqchisi va qoʻshiq muallifi sifatida faoliyatini davom ettirar ekan, uning bir qator qoʻshiqlari MTV va Laguna Beach shoularida, The Hillsda namoyish etilishi orqali muvaffaqiyatga erishadi. Uning 2006-yildagi eng katta muvaffaqiyatlari esa Miley Cyrus nomi ostidagi „I Got Nerve“ albomining Billboard jurnalida 1-oʻrinni egallashi, Hannah Montana: Season One soundtrackining esa Billboard Hot 100 reytingida 67-oʻrinni egallashi boʻldi.
EDM vocal va musiqa yozishdagi faoliyati 2006-yilda Aruna yaqinda raqsda hamkorlik qilishni boshlagan menejeri Stuart Squires bilan Myspaceni yaratadi Olti oydan soʻng Abrams The Thrillseekersga qiziqa boshlaydi va shu orqali EDM dunyosiga „Waiting Here For You“ treki orqali ilk qadamini tashlaydi . Shu bilan birga u boshqa translarda Cosmic Gate, ATB, Ronski Speed va Roger Shahda ham faoliyat yuritadi. Mark Eteson bilan birgalikda u 2010-yil 25-oktabrda Anjunabeats nomi ostida „Let Go“ musiqasini yozadi va keyinchalik 8-jildli Volume 8 kompilyatsiyasini ham xuddi shu nom ostida ommaga taqdim qiladiListing on Discogs.com for the Let Go release, (accessed December 7, 2014).. Ikki yildan soʻng esa Ferry Corsten bilan birgalikda „Live Forever“ nomli yakkaxon musiqasi ustida ishlaydi va WKND nomli albomiga kiritadiAllmusic.com entry for WKND, (accessed December 8, 2014)..
Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar
Havolalar
Qoʻshimcha manbalar
Aruna discography on Discogs