Holi – bu ranglar, sevgi va bahor festivali sifatida nishonlanadigan mashhur va muhim hind festivali. U Radha va Krishna xudolarining abadiy va ilohiy sevgisi sharafiga nishonlanadi. Bundan tashqari, bu kun yaxshilikning yovuzlik ustidan gʻalaba qozonishini bildiradi, chunki u Vishnuning Narasimha sifatida Xiranyakashipu ustidan qozongan gʻalabasini xotirlaydi. Xoli bayrami Hindiston va Nepalning Hindiston yarimorolida paydo boʻlgan va asosan shu xududlarda nishonlanadi, keyinchalik Osiyoning boshqa mintaqalariga va Gʻarbiy dunyoning baʼzi qismlariga ham tarqaldi. Shuningdek, Holi bayrami Hindiston va Nepalda sevgi fasli bahorning kelishi va qishning tugashini nishonlaydi. Bayramni nishonlash orqali bahorgi hosillarini moʻl-koʻl boʻlishiga umid qilishadi. Holi bayramining noishonlash sanasi Grigoriy taqvimida mart oyining oʻrtalariga toʻgʻri keladigan hind taqvimidagi Phalguna oyiga toʻgʻri keladigan Purnima (toʻlin oy kuni) oqshomidan boshlab, bir kecha va bir kun davom etadi. Tavsif Holi hindularning muqaddas qadimiy anʼanasi boʻlib, Hindiston va Nepalning koʻplab shtatlarida boshqa mamlakatlarda mintaqaviy bayramlar bilan nishonlanadi. Bu hindularga ham, hindu boʻlmaganlarga ham bir-birlariga rangli suv va kukun otish orqali boshqa odamlar bilan quvnoq hazillashish imkoniyatini beradigan madaniy bayramdir. Hindiston yarim orolida ham keng tarqalgan. Holi qishning oxirida, hind oy-quyosh taqvimi oyining oxirgi toʻlin oy kunida nishonlanadi, bu sana bahorni belgilab, oy taqvimiga qarab oʻzgaradi. Sana odatda mart oyiga toʻgʻri keladi, lekin baʼzan Grigorian kalendarining fevral oyi oxiriga toʻgʻri keladi.
Manbalar
Turkum:Festivallar Turkum:Hindiston