Mazor maqbarasi () Isroilda eng yaxshi saqlanib qolgan Rim binolaridan biri boʻlib, El’ad hududida joylashgan. Isroilda poydevoridan to tomigacha saqlanib qolgan yagona Rim davri binosi boʻlgan mazkur maqbara miloddan avvalgi 3-asrda Rimlik erkak va uning rafiqasi uchun qurilgan[ iqtibos keltirish kerak ]. Ularning shaxsi sirligicha qolmoqda, ammo maqbarada ikkita sarkofag qoldiqlarini hamon saqlanmoqda.

Tarixi Ilk musulmonlar davrida musulmonlar janubiy devorga Makka yoʻnalishini koʻrsatuvchi mehrob (namoz oʻqish joyi) qoʻshishgan va bino „Maqom en-Nebi Yahyah“ („Yuhanno paygʻambar ziyoratgohi“) deb nomlangan islomiy muqaddas joyga aylantirilganConder and Kitchener, 1882, SWP II, pp. 365-367. Muqaddasligi tufayli bino asrlar davomida saqlanib qolingan. U 1948-yilda Falastinning Al-Muzayri’a qishlogʻida boʻlgan janglarga qadar, masjid sifatida faoliyat yuritgan.

1949-yil iyul oyida Isroil quruqlikdagi kuchlari binodan nishonga olish uchun foydalanganidan soʻng, Isroil hukumati maqbarani buzishga qaror qilgan. Biroq qadimiy majmualar inspektori vayronagarchilikni toʻxtatishga muvaffaq boʻlganHistory Erased , by Meron Rapoport, Haaretz, 05.07.07.

Hozirgi holati Mazor maqbarasi „milliy bogʻ“ deb eʼlon qilingan va hozirda Isroil Milliy bogʻlar boshqarmasi tasarrufi ostida.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Isroildagi maqbaralar Turkum:Isroildagi milliy bogʻlar