Jan-Philippe Mateta (28 iyun 1997-yilda tugʻilgan) – fransuz professional futbolchisi, Angliya Premyer-ligasining „Kristal Pelas“ klubi hujumchisi. U Fransiyani terma jamoasining 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar darajasida oʻynagan, shuningdek, 2024-yilgi Olimpiya terma jamoasi uchun ishtirok etgan.

Mateta oʻz faoliyatini 2015-yilda Fransiyaning uchinchi darajali ligasi ishtirok etuvchi SHateauroux klubida boshlagan. 2016-yilgi mavsumda Fransiyaning yetakchi jamoalaridan biri, Lion klubi bilan shartnoma imzolagan. 2017-yilgi mavsumda Fransiyaning Ikkinchi divizion vakili „Le Gavr“ jamoasida ijara asosida oʻynagan va yaxshi natijalar qayd etgan. Ijaraga olingandan soʻng, u 2018-yilda Bundesliganing „Maynts 05“ klubi bilan shartnoma imzolagan va 2021-yilda Angliyaning „Kristal Pelas“ jamoasiga oʻtgan.

Klub faoliyati Mateta Drancy futbol maktabining tarbiyalanuvchisi. 2014-yilda „Chateauroux“ akademiyasiga oʻtdi. 2015/2016-yilgi mavsumda oʻzi oʻqigan akademiyaning asosiy jamoasiga qabul qilingan. Dastlabki mavsumidayoq klubning asosiy oʻyinchilaridan biriga aylandi va 22 ta oʻyin oʻtkazib, 11 ta gol urgan. Mateta 2015-yilning 6-noyabrida u Liga 3 da, Belfort jamoasiga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan debyut oʻyinini oʻtkazgan. 11-dekabr kuni u Beziers darvozasiga dubl qayd etib, professional faoliyatidagi ilk gollarini kiritgan.

2016/2017-yilgi mavsum ham Chateaurouxda boshlandi. Toʻrtta oʻyinda ikkita gol urib, „Lion“ skautlari eʼtiborini tortdi va jamoa uni 3 million yevroga sotib olgan. Lion jamoasi bilan shartnoma muddati 5 yil edi. Ushbu transfer oʻsha paytda jarohat olgan Alexandre Lacazetteni oʻrnini toʻldirish bilan bogʻliq edi. 2016-yil 21-sentyabrda u Ligue 1 turnirida Monpelye jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan.

2018-yilning 28-iyunida 8 million yevro evaziga Mateta Germaniyaning „Maynts 05“ futbol klubiga oʻtdi.

Milliy jamoadagi faoliyati 2019-yilning yozida Marko Italiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoaga taklif qilingan. Yarim finalda u Ispaniya darvozasiga penaltidan bitta gol urdi, ammo jamoasi 1:4 hisobida magʻlub boʻlgan.

2024-yil 3-iyunda Mateta bosh murabbiy Thierry Henryning Parijdagi Olimpiada oʻyinlari oldidan Fransiya terma jamoasining kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan. Yakuniy tarkibda uchta katta yoshli futbolchilardan biri sifatida tanlangan va musoboqaga jalb etilgan. Musoboqa davomida Mateta Argentinaga qarshi chorak final oʻyinida yagona gol urib, Fransiyani keyingi bosqichga olib chiqgan. Misrga qarshi yarim finalda u ikkita gol urdi va Fransiya yakunda 3:1 hisobida gʻalaba qozongan.

Career statistics

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollarJamoaMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarChâteauroux2015–16Milliy chempionat2211000022112016–1742001355Jami261300132716Lion2016–17Ligue 120100030Le Havre (Ijara)2017–18Ligue 2371911003820Mainz 052018–19Bundesliga341420—36142019–2018300—1832020–2115723—1710Jami672443—7127Crystal Palace (ijara)2020–21Premyer-liga71——71Crystal Palace2021–22Premyer-liga22552102872022–2329210203222023–24351620233919Jami9324825310629Umumiy faoliyat223801466624392

Yutuqlar Individual

„Kristal Pelas“ ning eng yaxshi futbolchisi: 2023–24 Manbalar

Havolalar

Profile Crystal Palace F.C. saytida

Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:LB Châteauroux futbolchilari Turkum:Olympique Lyonnais futbolchilari Turkum:Le Havre AC futbolchilari Turkum:1. FSV Mainz 05 futbolchilari Turkum:Crystal Palace F.C. futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Liga 2 futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar