Doniyor Saliyev – uzunlikka sakrash boʻyicha oʻzbekistonlik koʻzi ojiz paralimpiya sportchisi. T12 toifasidagi musobaqalarda qatnashib keladi. Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining ikki karra bronza medali sovrindori. Paraatletika boʻyicha Jahon chempionatida T12 uzunlikka sakrash boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi musobaqalarda ikki karra oltin medal sohibi.

Faoliyati 2010-yilda Xitoyning Guanchjou shahrida boʻlib oʻtgan Para-Osiyo oʻyinlarida Saliyev uzunlikka sakrash boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi musobaqada bronza medalini qoʻlga kiritgan. 2012-yili Buyuk Britaniyaning London shahrida boʻlib oʻtgan va 2016-yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida uzunlikka sakrash boʻyicha erkaklar oʻrtasida bronza medalini va 4×100 metrga T11–13 tiofasidagi estafeta bahslarida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Saliyev 2016-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida bayroqdor ham boʻlgan.

2017-yili Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida oʻtkazilgan Islom birdamlik oʻyinlarida T12 – uzunlikka sakrash boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi musobaqada oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2019-yilda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida para-atletika boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida T12 – uzunlikka sakrash boʻyicha erkaklar oʻrtasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qildi. T12 – uzunlikka sakrash bahslarida qatnashdi. Mukofotlari „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ faxriy unvoni (2024-yil)

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston para-atletikachilari Turkum:21-asrda Oʻzbekiston sportchilari Turkum:O‘zbekistonlik uzunlikka sakrash boʻyicha erkak sportchilar Turkum:Paralimpiada oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik bronza medal sohiblari Turkum:Oʻzbekistonning Islom birdamlik oʻyinlarida oltin medali olgan sportchilari Turkum:Paralimpiada oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik kumush medal sohiblari Turkum:Oʻzbekistonda tugʻilganlar