Converse () – Amerika brendi boʻlib, poyabzal, kiyim-kechak va aksessuarlarni sotadi, tarqatadi va litsenziyalaydi. Brendga Marquis Mills Converse tomonidan 1908-yilda Massachusets shtatining Malden shahrida Converse Rubber Shoe Company nomi ostida asos solingan. U 2003-yilda Nike, Inc kompaniyasining shoʻba korxonasiga aylanishidan oldin ham bir nechta kompaniyalar tomonidan sotib olingan.

Converse dastlab qish mavsumi uchun moʻljallangan rezina taglikli poyabzal va etiklar ishlab chiqargan. Ikkinchi jahon urushi paytida harbiylar uchun poyabzallar ishlab chiqara boshlagan. Dastlab, u bir nechta sport poyabzallari ishlab chiqaruvchilardan biri boʻlgan va AQSh bozorida ustunlik qilgan, ammo 1970-yillarda raqobatchilar oʻzlarining yangi uslublarini joriy etgani sababli kompaniya oʻz mavqeyini yoʻqotgan.

Manbalar

Havolalar

And Latam

Turkum:Sport kiyimlari brendlari