Sascha Ring (1978-yil 27-iyunda tugʻilgan), Apparat nomi bilan tanilgan nemis elektron musiqachisidir.
Musiqachi Modeselektor bilan birga Moderat nomi ostida ijod qiladiAPPARAT TAKES BITS OF MODERAT TO FORM ELECTRONIC BLISS VIA 'LP5', Glide Magazine.
Faoliyati Ring 2003-yilda Ellen Allien bilan „Berlinette“ albomida, keyinchalik esa 2006-yilda „Orchestra of Bubbles“ albomida hamkorlik qilgan.
2007-yilda musiqachi „Walls“ albomini jonli ijro etish maqsadida oʻz guruhini tuzadi. Soʻngra ushbu guruhga Raz Ohara pianinochi va Jörg Waehner barabanchi sifatida qoʻshildi. Shu kabi jonli tomoshalardan tashqari, Ring Transforma Visuals leybili bilan hamkorlikda yakkaxon ijodini ham davom ettirdi.
Sascha Ring 2009-yil may oyida Modeselektor bilan birgalikda „Moderat“ deb nomlangan shaxsiy albomlarini chiqarishadi. Ikki ijodkor bundan oldin ham 2002-yilda musiqiy guruh sifatida birga ishlashgandi va cheklangan miqdorda chiqarilgan „Auf Kosten Der Gesundheit“ nomli kichik albomni yaratishgandi.
Musiqachining „Fractales (Apparat Ibiza Version)“ nomli treki 2009-yil aprel oyida Qwartz Electronic Music mukofotining Dance Floor toifasida gʻolib deb topildi.
Ring 2011-yilda Mute Records bilan shartnoma imzolaydi va shu yilning sentabr oyida ingliz shoiri Percy Bysshe Shelleyning siyosiy sheʼriga bagʻishlangan „The Devil’s Walk“ nomli yangi albomini chiqardi.
Apparatning qoʻshiqlari filmlar va koʻplab teleseriallarda soundtrack sifatida qoʻllanilgan. Misol uchun uning „Holdon“ treki 2010-yil Teton Gravity Research filmida ishlatilgan boʻlsa, Soap&Skin bilan birga ijro etgan „Goodbye“ treki „Breaking Bad“ 4-fasli finalining kulminatsion sahnasida hamda 2017-yilda Netflix tomidan suratga olingan „Dark“ serialining kirish qismida qoʻllanilgan.
Shuningdek, Moderatning „The Mark (Interlude)“ treki 2018-yilda ommaga namoyish etilgan „Annihilation“ filmida ham ishlatilgan.
2013-yil 7-sentyabrda Ring Berlin shahrida mototsikl halokatida jarohat oldi, hamda „Moderat“ bilan boʻladigan musiqiy turni kechiktiradi.
2019-yil 22-yanvarda Mute Records Apparatning beshinchi albomi „LP5“ shu yilning 22-martida chiqishini eʼlon qildi.
„LP5“ albomi 2020-yilgi Grammy mukofotlarida „Eng yaxshi raqs/elektron albom“ nominatsiyasiga nomzod boʻldi. Shuningdek, ushbu albom 2019-yilda IMPALAning „European Independent Album of the Year“ mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatildi va yakunda musiqachi mukofotni qoʻlga kiritdi.
Diskografiyasi
Apparat sifatida yozgan albomlari
Multifunktionsebene (Shitkatapult, 2001) Duplex (Shitkatapult, 2003) Walls (Shitkatapult, 2007) The Devil’s Walk (Mute, 2011) Krieg und Frieden (Music for Theatre) (Mute, 2013) LP5 (Mute, 2019) Soundtracks: Capri-Revolution (Mute, 2020) Soundtracks: Stay Still (Mute, 2020) Soundtracks: Dämonen (Mute, 2020) Soundtracks: Equals Sessions (Itʼs Complicated Records, 2020)
Boshqa albomlari
Things To Be Frickled (Shitkatapult, 2008) DJ-Kicks: Apparat (Studio !K7, 2010)
Duetlari
Orchestra of Bubbles (BPitch Control, 2006) Ellen Allien bilan birgalikda
Moderat nomi ostida Modeselektor bilan yozgan albomlari
Moderat (BPitch Control, 2009) II (Monkeytown Records, 2013) III (Monkeytown Records, 2016) More D4ta (Monkeytown Records 2022)
Qoʻshiqlari
Algorythm (2001) Tttrial and Eror (Shitkatapult, 2002) Auf Kosten Der Gesundheit (BPitch Control, 2003) Modeselektor bilan birgalikda (Moderat sifatida) Koax (2003) Canʼt Computerize It (2004) Duplex. Remixes (Shitkatapult, 2004) Shapemodes (2004) Silizium (Shitkatapult, 2005) Berlin, Montreal, Tel Aviv (Shitkatapult, 2006) Holdon (Shitkatapult, 2007) Sayulita (DJ-Kicks) (!K7, 2010) „Ash/Black Veil“ (2011) „Black Water“ (2011) „Song of Los“ (2011) „Candil de la Calle“ (2012) „Dawan“ (2019)
Manbalar
Havolalar
Apparat DJ-Kicks website
Turkum:Qoʻshiqchilar Turkum:Shaxsiyatlar Turkum:Musiqiy guruhlar Turkum:Musiqiy guruhlar haqidagi chala maqolalar Turkum:Nemis qoʻshiqchilari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar