„Dancing in the Flames“ – kanadalik qoʻshiqchi-qoʻshiq muallifi The Weekndning qoʻshigʻi. Trek 2024-yil 13-sentabrda XO va Republic Records leybllari orqali oltinchi – Hurry Up Tomorrow (2025) nomli studiyaviy albomining bosh singli sifatida chiqarildi. Ertasi kuni qoʻshiqning jonli ijrodagi versiyasi chiqdi. Akustik versiyasi esa 2024-yil 16-sentabrda musiqiy klip bilan birga chiqdi. Oʻsha kuni yuqorida keltirilgan versiyalar bilan birga, instrumental va a kapella versiyalarini oʻz ichiga olgan mini-albom taqdim etildi. Synth-pop trek musiqiy tanqidchilarning ijobiy baholarini oldi va Billboard Hot 100 chartiga 14-oʻrinda kirib keldi.

Tarixi The Weeknd qoʻshiqni birinchi marta 2024-yil 7-sentabrda, Braziliyaning São Paulo shahrida boʻlib oʻtgan konsertida jonli ijroda kuyladi va qoʻshiq 2024-yil 13-sentabrda tijorat maqsadida chiqishi rejalashtirilgan. Qoʻshiq 2024-yil 9-sentabrda Apple Inc. kompaniyasining iPhone 16 uchun „Itʼs Glowtime“ nomli reklama tadbirida oltinchi, Hurry Up Tomorrow studiyaviy albomining bosh singli sifatida eʼlon qilindi.

„Dancing in the Flames“ daqiqasiga 117 zarba tezlik bilan D♭ major kalitida ijro etiladi. The Weekndning ovozi qoʻshiqda F4 - B♭5 oraliqda yangraydi.

Musiqiy klipi Musiqiy videoning sahna orti jarayonlari birinchi marta 2024-yil 9-sentabrda Apple Eventda namoyish etilgan. Klip butunlay iPhone 16 Proʻda suratga olingan va unga avvalroq "Blinding Lights" qoʻshigʻi videosini boshqargan Anton Tammi rejissyorlik qilgan.

Treklar roʻyxati Striming/raqamli yuklab olish – singl "Dancing in the Flames" – 3:40 "Dancing in the Flames" (acoustic) – 3:28 "Dancing in the Flames" (live from São Paulo) – 5:12 "Dancing in the Flames" (instrumental) – 3:42 "Dancing in the Flames" (a cappella) – 3:24

Chiqarilish tarixi + „Dancing in the Flames“ning chiqarilish tarixi va formatlari Hudud Sana Format Leybl Har xil 2024-yil 13-sentabr Italiya radio Universal AQSh CD

Manbalar

Turkum:2024-yil singllari Turkum:2024-yil qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar Turkum:The Weeknd prodyuserligidagi qoʻshiqlar Turkum:Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi chartida yetakchilik qilgan singllar Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar