Sergey Farsadanovich Melkumov (; 1944-yil, SSSR – 1994-yil 21-fevral, Nizomiy, Masis tumani) – sovet futbolchisi, SSSR sport ustasi (1966).

Futbolchilik faoliyati Sergey 1961-yilda Bokuning „Spartak“ jamoasida futbolchilik faoliyatini boshlagan. 1961—1963-yillarda Bokuning „Neftyanik“ jamoasida oʻynagan. 1963-yildan Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtgan. Dastlabki mavsumida Paxtakor jamoasi SSSR Oliy ligasida omadsiz ishtirok etgan va birinchi ligaga tushib ketgan. Ammo oradan bir mavsum oʻtganidan soʻng oʻzbek klubi Oliy ligaga qaytgan va ikkinchi „A“ guruhida uchinchi oʻrinni egallagan. Melkumov chempionatda 10 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. 1966-yilda Sergey Neftyanik jamoasiga qaytib kelgan va jamoa bilan SSSR bronza medali sovrindori boʻlgan. Keyinchalik Melkumov Yerevanning „Ararat“ jamoasida oʻynagan. 1969-yilgi mavsumda „Paxtakor“ jamoasiga qaytgan va Birodar Abduraimov, Gennadiy Krasnitskiy bilan hujumkor uchlikni tashkil qilgan. 1971-yilda Melkumov „Yangiyer“ jamoasiga koʻchib oʻtgan. Sergey birinchi davra davomida Yangiyer jamoasi oʻynaganidan soʻng Ozarbayjon futbolining koʻplab tarbiyalanuvchilari kabi Mahachqalʼaning „Dinamo“ jamoasisiga yoʻl olganBereg voljskiy, bereg kaspiyskiy – istoriya sopernichestva „Sokola“ i „Dinamo“ (Maxachkala) . 1972-yilda Sergey „Qorabogʻ“ jamoasida oʻynagan. 1973-yilda Melkumov faoliyatini Mahachqalʼaning „Dinamo“ jamoasida yakunlagan.

Sergey SSSR yoshlar va yoshlar terma jamoalarida oʻynagan, 1965-yilda esa SSSR Olimpiya terma jamoasiga jalb qilingan.

Yutuqlar

SSSR chempionatining bronza medali sovrindori: 1966-yil Ikkinchi „A“ guruhida uchinchi oʻrin: 1964-yil (Yuqori divizionga chiqish)

Shaxsiy hayot Melkumovning ota-onasi Togʻli Qorabogʻ avtonom viloyatining Martuni tumanidagi Krasniy Bozor qishlogʻidan boʻlgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, asosan Ozarbayjonda yashagan. Sergey umrining soʻnggi kunlarida qashshoqlikda yashagan va 1994-yil 21-fevralda vafot etgan. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, singlisi uni Nizomiy qabristoniga dafn qilgan.

Manbalar

Havolalar

Sergey Melkumov „Arman Garrincha“ qayerda dafn etilgan? Grigoryan A. G., „Arman Garrincha“, Chet tillar instituti „De Facto“.

Sergey Melkumov Footballfactsru saytida

Turkum:1944-yilda tugʻilganlar Turkum:SSSRda tugʻilganlar Turkum:21-fevralda vafot etganlar Turkum:1994-yilda vafot etganlar Turkum:Armanistonda vafot etganlar Turkum:SSSR sport ustasi Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Armanistonlik erkak futbolchilari Turkum:Neftçi Boku klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:FC Ararat Yerevan futbolchilari Turkum:Kopetdag futbol klubi futbolchilari Turkum:Qarabağ FK futbolchilari Turkum:FC Dinamo Mahachqalʼa futbolchilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:Armanistonda dafn etilganlar