Yolanda Adams (1961-yil 27-avgust, Xyuston, Texas) – amerikalik qoʻshiqchi va radio boshlovchi. Nielsen SoundScan maʼlumotlariga koʻra, 2009-yilda Adamsning musiqiy albomlari Qoʻshma Shtatlarda 4,5 milliondan ortiq nusxada sotilgan. 2013-yil aprel holatiga koʻra, Adams oʻzing 12 ta studiyaviy albomlarini chiqardi, ulardan toʻrttasi gospel janridagi xit-paradda eng yuqori oʻrinni egallagan. Qoʻshiqchi toʻrtta Grammy mukofotini qoʻlga kiritgan.

Hayoti Yolanda Adams jazz, klassik musiqa ijrochilari James Cleveland, Edwin Hokiks va R&B qoʻshiqchilari Stevie Wonder, Nancy Wilson kabilarning qoʻshiqlarini tinglab oʻsgan. 1980-yillarda musiqiy faoliyatini boshlashdan oldin, Xyustondagi maktabda oʻqituvchi hamda ozroq muddatda fotomodel sifatida ham ishlagan.

1988-yilda Sounds Of Gospel leybli Adamsning Just as I Am debyut albomini chiqardi. Dastlab qoʻshiqchi xristian musiqasini ijro etishda dunyoviy musiqa va modadan foydalanganligi uchun xristian jamiyati tomonidan tanqid qilingan. 1990-yillarning oʻrtalarida gospelning mashhurligi Adamsning faoliyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Qoʻshiqchi Kirk Franklin & The Family guruhi bilan birgalikda gastrollarda boʻlgan. Uning 1996-yilgi Yolanda Live in Washington konsert albomi Grammy mukofotiga nomzod boʻlgan.

1999-yilda Adams oʻzining eng muvaffaqiyatli Mountain High… Valley Low albomini chiqargan va albom Qoʻshma Shtatlarda 1,3 million nusxada ortiq sotilgan hamda qoʻshiqchiga oʻzing ijodidagi birinchi Grammy mukofotini keltirgan.

Shaxsiy hayoti Adams 1987-yildan 1990-yilgacha Troy Mason bilan er va xotin boʻlib yashashgan. 1997-yilda Yolanda NFL futbolchisi Tim Crawfordga turmushga chiqqan. 2001-yilda juftlikning Taylor Ayyana Adams Crawford ismli qizi tugʻilgan. 2004-yil avgust oyida Adams va Crawford 7 yillik nikohdan keyin ajrashishdi.

Diskografiyasi 1987 – Just as I Am 1991 – Through the Storm 1993 – Save the World 1995 – More Than A Melody 1998 – Songs from the Heart 1999 – Mountain High… Valley Low 2000 – Christmas With Yolanda Adams 2001 – Believe 2002 – The Experience 2005 – Day By Day 2007 – What a Wonderful Time 2011 – Becoming

Manbalar

Havolalar Rasmiy veb-sayti

Turkum:Columbia Records sanʼatkorlari Turkum:Amerikalik qoʻshiqchilar Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:Hyustonda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1961-yilda tugʻilganlar Turkum:27-avgustda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar