Acura – yapon avtomobil ishlab chiqaruvchisi Honda kompaniyasining hashamatli va performans avtomobillar ishlab chiqish boʻlimi. Boʻlim asosiy qismi Shimoliy Amerikada joylashgan. Brend 1986-yil 27-martda hashamatli va performans avtomobillarni bozorga chiqarish maqsadida ishga tushirilgan. Acura AQSh, Kanada, Meksika, Panama va Quvaytda avtomobillar sotadi. Shuningdek, kompaniya ilgari Xitoyning materik qismida, Gonkong, Rossiya va Ukrainada avtomobillar sotgan. 2000-yillarning oxirida Acurani Yaponiyaning ichki bozoriga chiqarish rejalari 2007–2008 yillardagi moliyaviy inqiroz tufayli amalga oshmay qoladi2007 Mid-Year CEO Speech (Japanese)Establishing A Sales Channel from the Customer Viewpoint, 2. Accelerating our effort in Japan to strengthen the core characteristics that make Honda unique, Summary of 2007 Mid-Year CEO Speech (English)ホンダ、高級車アキュラの国内発売延期 (Japanese).
Acura yapon avtomobil ishlab chiqaruvchisi tashkil etgan birinchi hashamatli avtomobil ishlab chiqish boʻlinmasi edi. Acuraning yaratilishi Hondaning JDM (Japanese Domestic Market) doirasidagi yangi savdo kanalining ochilishi bilan bir vaqtda sodir boʻldi. U Honda Clio deb nomlangan va hashamatli avtomobillarni sotishga moʻljallangan edi. Bu kanal avval ochilgan Honda Verno kanaliga qoʻshildi, keyingi yilda esa Honda Primo ham ushbu kanalga qoʻshildi. Acura tashkil etilganining dastlabki yillarida AQShda eng koʻp sotilgan hashamatli brendlardan biriga aylandi. Brend oʻsha paytda BMW va Mercedes-Benz kabi taniqli brendlardan koʻproq avtomobil sotgan. 1990-yillarning oʻrtalari va oxirlarida sotuvlar pasaygan boʻlsa-da, 2000-yillarning boshlarida yangi modellarning kiritilishi va dizayndagi keskin oʻzgarishlar tufayli brend qayta jonlandi.
1980-yillarning oxirlarida kompaniyaning birinchi flagman modeli Legend muvaffaqiyati boshqa yapon avtomobil ishlab chiqaruvchilarini ham ilhomlantirdi. Misol uchun, Toyota va Nissan kompaniyalarini oʻzlarining hashamatli brendlari Lexus va Infiniti ni ishga tushirdi. 1990-yilda NSX modeli ishga tushirildi. Ushbu model oʻrta dvigatelli sport avtomobili boʻlib, Yevropaning ekzotik sport avtomobillariga ishonchli va amaliy alternativaga aylandi. Model Hondaning VTEC oʻzgaruvchan klapan vaqt tizimini Shimoliy Amerika bozoriga olib kirdi. 1993-yilda chiqarilgan Legend coupé modelida birinchi marta olti pogʻonali qoʻlda boshqariladigan uzatmalar qutisini va Type II dvigateli bor edi. 1990-yillarning oxirlarida Acura Integra ning Type R versiyasini ishlab chiqardi. Bunda modelning vazni kamaytirildi, hamda yuqori samarali VTEC dvigateli bilan jihozlandi.
2000-yillarning boshlarida Acura bir qator yangi modellari, shu jumladan kompaniyaning birinchi original yoʻltanlamas avtomobili MDX va Integra coupé hamda sedanlarini almashtiruvchi ikki model: RSX va TSX ni taqdim etdi. Ushbu oʻn yillikda brend qatoriga RSX, CL va TL ning Type-S versiyalari qoʻshildi. Acuraning 2005-yilgi flagman modeli RL SH-AWD ni taqdim etdi. Ushbu modelda aylanma moment taqsimoti asosida ishlaydigan toʻrt gʻildirakli tortish tizimi bor edi. 2007-yilda krossover yoʻltanlamasi RDX modeli Shimoliy Amerikada birinchi marta Honda turbo dvigatelidan foydalangan. NSX ning ikkinchi avlodi 2016-yilda taqdim etilgan boʻlib, u egizak oʻrta turbo dvigatel, toʻqqiz pogʻonali ikki diskli avtomatik uzatmalar qutisi va Sport Hybrid SH-AWD tizimini oʻz ichiga olgan.
2024-yilda Acura oʻzining yangi Performance EV Concept modelini Monterey Car Week da taqdim etdi. Bu brendning elektrlashtirish strategiyasi doirasidagi muhim qadam boʻldi. Ushbu konsept avtomobili Acuraning ilgʻor texnologiyalarni birlashtirishga boʻlgan sodiqligini, yuqori samaradorlik, aerodinamik samaradorlik va barqaror mobil yondashuvga eʼtiborini aks ettirardi. Performance EV Concept avtomobil innovatsiyasining chegaralarini kengaytirish va ekologik taʼsirni kamaytirish yoʻlida brendning saʼy-harakatlarini namoyish etadi.
Manbalar