Mamushi – amerikalik reper Megan Thee Stallion va reper Yuki Chiba tomonidan kuylangan qoʻshiq. Bu qoʻshiq Meganning 2024-yildagi „Megan“ nomli albomidan joy olgan. TikTok video platformasida mashhurlikka erishganidan soʻng, ushbu qoʻshiq Hot Girl Productions va Alternative Distribution Alliance tomonidan 2024-yil 30-iyulda albomning toʻrtinchi singli sifatida shahar radiosida eshittirilgan. Koshi tomonidan yozilgan mazkur ikki tildagi trek Megan va Chiba tomonidan birgalikda ijro etilgan.
Qoʻshiqning yaratilishi „Mamushi“ dastlab Megan Thee Stallionning 2024-yil 28-iyunda chiqarilgan uchinchi studiyaviy albomining treki sifatida ijro etilgan. Qoʻshiq TikTokdagi @mona712_official nomli foydalanuvchi tomonidan yaratilgan TikTok raqsli trendi tufayli shuhrat qozonadi, xuddi shunday videolardan 9-iyulgacha yana 157 000 tasi tarmoqqa joylanadi. Bunga javoban Megan oʻzining bir nechta shu uslubda olingan videolarini TikTokka joylashtirgan. 30-iyulda qoʻshiq shahar radiosida ham eshittirila boshlangan. Bu vaqtga kelib, u eng koʻp eshitilgan qoʻshiqlar orasida birinchi oʻrinni egallagan. Qoʻshiq haqida Koshi tomonidan yozilgan ushbu qoʻshiqda Megan va Chiba ham ingliz, ham yapon tillarida rep aytishadi. Qoʻshiq nomi asosan Yaponiyada uchraydigan ilon turi boʻlgan mamushidan olingan, bu Meganning avvalgi „Kobra“, „Hiss“ va „Boa“ singllaridagi ilon bilan bogʻliq tasvir va metaforalarni davomi hisoblanadi. Lirik jihatdan, „Mamushi“ Meganning oʻtmishi haqida kuylangan. Qoʻshiqni birinchi yarmi yapon tilida boʻlib, bu qismni Chiba kuylagan: „Okane kasegu, orera va sutā“ (お金稼ぐ俺らはスタ), bu jumlaning maʼnosi „Biz pul topamiz, biz yulduzmiz“ deganidir. Megan qoʻshiqning ikkinchi yarmidagi „Vatashi va sutā“ (私はスター) iborasini aytadi, bu esa „Men yulduzman“ deya tarjima qilinadi. Yapon tilida ayollar oʻziga nisbatan men deb aytishda „vatashi“ soʻzidan foydalanishadi. Klipi Kevin Leyva rejissyorligida olingan „Mamushi“ klipi premyerasi 2024-yil 9-avgustda boʻlib oʻtgan. Tsurumaki Onsen Jinya va Engaku-ji ibodatxonasida klipning baʼzi qismlari suratga olingan. Videoda Megan ulkan mamushi iloniga aylanib erkaklarni oʻz uyasiga jalb qiladi va ularni oʻldiradi. Yuki Chiba Meganning hammomida oʻlayotgan qurbonlarni kuzatib turadi, qotillik joyini tozalaydi va qurbonlarni koʻk rangga boʻyaydi. Keyin ular Meganning har bir soʻziga kirib, unga ergashadigan oʻliklar armiyasiga aylanadi. Meganning orqasida turgan koʻk yuzli erkaklar guruhi yapon kinorejissori Akira Kurosavaning 1990-yilda suratga olingan „Orzular“ filmiga ishora qiladi. Tijoriy koʻrsatkichlari „Mamushi“ premyerasining ilk haftasidanoq Amerikaning Billboard Hot 100 roʻyxatida 7,3 million koʻrishlar soni va 1000 marta yuklab olinish koʻrsatkichi bilan haftalikda 68-oʻringa chiqqan. Keyingi haftalarda esa 36-oʻrinni egallagan. Bu qoʻshiq Chiban qoʻshiqlarining orasida Billboard Hot 100 roʻyxatiga kirgan birinchi qoʻshigʻi boʻlgan.
Mukofotlari Yil Marosim Turkum Natija 2024 BET Hip Hop Yil qoʻshigʻi Eng yaxshi kolloboratsiya MTV Video Music Eng yaxshi klip
Manbalar
Turkum:Yuki Chiba qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Yapon tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar