Melbourne Cricket Ground (MCG), oddiygina The G nomi bilan ham tanilgan, Avstraliyaning Melburn Olimpiya Parkida joylashgan koʻp maqsadli stadion. Arena 100 024 tomoshabinga moʻljallangan. Bu sigʻimi boʻyicha dunyodagi eng katta kriket stadioni, Avstraliyaning eng katta stadioni va dunyodagi 10-chi yirik stadion (2017-yil aprel holatiga koʻra). 1956-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarining asosiy sport arenasi edi.

Tarix 1853–1854-yillarda Melburn Kriket Klubi (MCC) bazasi sifatida qurilgan boʻlib, dastlab 6000 tomoshabinni sigʻdirgan. 1884-yilda arenada yongʻin chiqqan va natijada yogʻoch konstruktsiya qismi vayron boʻlgan. Arena qayta qurishda keyinchalik tosh va betondan foydalanilgan. 1897-yilga kelib stadion sigʻimi 9000 ga yetkazilgan va 1900-yilda Avstraliyada sunʼiy yoritish oʻrnatilgan birinchi stadion hisoblangan. 1904-yildan boshlab stadionga yana yogʻoch tribunalar qoʻshila boshlangan. 1937-yilgi rekonstruksiyadan soʻng arena 20 000 tomoshabinni sigʻdira olish imkoniyatiga ega boʻlgan. 1956-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarining ochilish va yopilish marosimlari, shuningdek, yengil atletika va qisman futbol boʻyicha Olimpiada musobaqalari ushbu stadionda boʻlib oʻtgan. Stadion musoboqa uchun maxsus qayta rekonstruksiya qilingan va sigʻimi 120 000 oʻringa yetkazilgan.

1967, 1985, 1992 va 2002–2005-yillarda sport maydonchasida kapital rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgan. 2000-yilgi Sidneydagi Olimpiya oʻyinlari doirasida futbol turniri uchun arenalardan biri sifatida foydalanilgan. Stadionga tomoshabinlar tashrifi boʻyicha rekord 1970-yilda qayd etilgan boʻlib, oʻshanda Avstraliya futboli milliy chempionatining final oʻyini 121 696 tomoshabinni toʻplagan. Hozirda stadionda Avstraliya milliy kriket va futbol jamoalarining uy uchrashuvlari oʻtkaziladi.

Manbalar

Havolalar

Melburn Kriket maydoniga virtual sayohat Sportvenue-technology.com saytida tavsif „Yer atrofida“ – veb-hujjatli film – MCG

Turkum:Alifbo boʻyicha stadionlar Turkum:1853-yilda qurilgan stadionlar Turkum:Kriket stadionlari Turkum:Koʻp maqsadli stadionlar Turkum:Avstraliya futbol stadionlari Turkum:Melburndagi sport inshootlar