Quruq koʻz sindromi (, koʻzning shox pardasi va konyunktivasining qurib qolishi) ko‘zlarning qurib qolishi holatiEye Syndrome .February 29, 2024.. Belgilari Uning belgilariga koʻzlardagi quruqlik, achishish, qizarish, ajralma ajralishi, koʻrishning xiralashishi va koʻzlarning tez charchashi kiradi. Bu alomatlar yengil va vaqti-vaqti bilan paydo boʻlishdan to ogʻir va doimiy koʻrinishgacha boʻlishi mumkin. Quruq koʻz sindromi koʻrishning xiralashuviga, koʻz yosh pilonkasi oʻzgaruvchanligiga, shox pardaning tirnalishi kabi koʻz yuzasi shikastlanishi xavfining oshishiga hamda koʻzdagi neyrosensor tizimdagi oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin. Sabablari Koʻz yoshi hosil boʻlishining kamayishi Keratokonyunktivit sicca koʻz yosh bezi giposekretsiyasi tufayli yetarlicha koʻz yoshi ajralmasligi sababli kelib chiqishi mumkin. Koʻz yosh suyuqligi qatlami zararlanadi. Koʻz yosh bezi butun konyuktiva va shox pardani toʻliq qatlam bilan yopib turish uchun yetarlicha koʻz yoshni hosil qilmaydi. Bu odatda sogʻlom yoshi katta odamlarda uchraydi. Koʻz yoshning kamayishi qarilik bilan bogʻliq. Shuningdek bu postmenopauza davridagi ayollarda eng koʻp uchraydi.

Koʻp hollarda suv tanqisligi quruq koʻzning aniq sababi boʻlmasligi mumkin (idiopatik). Boshqa sabablarga tugʻma alakrima, kseroftalmiya, koʻz yosh bezining olib tashlash kiradi. Kamdan kam hollarda u qon-tomir kasalliklarining, shu jumladan retsidivlanuvchi polixondrit, revmatizm, poliangitli granulematoz va tizimli qizil yugurukning simptomi boʻlishi mumkin. Shegren sindromi va boshqa autoimmun kasalliklar koʻz yosh tanqisligiga sabab boʻladi. Qoʻshimcha sabablar Kompyuter, smartfon, planshet yoki boshqa elektron qurilmalarda ortiqcha ekran vaqti koʻzni quritishi mumkin. „Odamlar odatda bir daqiqada taxminan 15 marta koʻzini ochib yumadi. Shu bilan birga, tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, biz kompyuter va boshqa ekranli qurilmalardan foydalanganda bir daqiqada taxminan 5-7 marta koʻzimizni ochib yumamiz. Koʻzni ochib yumish – bu koʻzning oʻz yuzasiga kerakli namlikni olish usulidir“.

Kontakt linza taqadigan odamlarning deyarli yarmi koʻzlarining quruqligidan shikoyat qiladi. Kontakt linzadan foydalanish va quruq koʻz oʻrtasida ikkita asosiy bogʻliqlik mavjud. Bunga koʻra, shox pardaning koʻz yosh plyonkasini qoplab turuvchi yumshoq kontakt linzalar koʻz yoshlarini oʻziga shimadi, deb hisoblangan. Nerv sezuvchanligining yoʻqolishi va koʻz yoshi hosil boʻlishi oʻrtasidagi bogʻliqlik ham hozirgi tadqiqot mavzusi hisoblanadi.

Koʻzning quruqligi LASIK va boshqa refraksion operatsiyalardan keyin ham sodir boʻlishi mumkin, bunda shox parda qopqogʻlarini yaratish paytida koʻz yoshi sekretsiyasini stimullovchi shox parda nervlari kesiladi . Ushbu muolajalar natijasida yuzaga kelgan quruq koʻz odatda bir necha oydan keyin tuzalib ketadi, ammo u doimiy boʻlishi ham mumkin. Refraksion jarrohlik haqida oʻylayotganlar buni hisobga olishi kerak.

Shuningdek meybomiy bezi faoliyatining buzilishi, homiladorlik, Shegren sindromi, A vitamini yetishmovchiligi , yogʻ kislotasi omega-3 tanqisligi, va antigistaminlar, ayrim qon bosimini pasaytiruvchi dorilar, gormon almashtirish terapiyasi hamda antidepressantlar kabi baʼzi dori vositalari sabab boʻlishi mumkin.

Patofiziologiyasi Koʻz qurishi koʻz yuzasida „mikro yoriqlar“ paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Ogʻir holatlarda epiteliy qavati patologik oʻzgarishlarga, yaʼni yassi hujayra metaplaziyaga va qadahsimon hujayralarning nobud boʻlishi kuzatiladi. Baʼzi ogʻir holatlarda shox parda yuzasining qalinlashishi, shox parda eroziyasi, nuqtali keratopatiya, epitelial nuqsonlar, shox pardaning yara boʻlishi (steril va infitsirlangan), shox pardaning neovaskulyarizatsiyasi, shox pardaning chandiqlanishi, shox pardaning yupqalashishi va hatto shox parda perforatsiyasi kuzatiladi.

Tashxislash Simptomlarni baholash quruq koʻz tashxisining asosiy tarkibiy qismi hisoblaydi. Tashxis qoʻyishga imkon beradigan bir nechta soʻrovnomalar ishlab chiqilgan. McMonnies & Ho quruq koʻz soʻrovnomasi koʻpincha quruq koʻzlarning klinik tadqiqotlarida qoʻllanadi.

Shirmer testi koʻzdagi namlik miqdorini oʻlchaydi. Ushbu test holatning ogʻirligini aniqlab beradi. Kengligi 5 mm, uzunligi 35 mm boʻlgan Whatman No41 filtr qogʻozidan foydalangan holda anesteziya bilan yoki anesteziyasiz besh daqiqalik Shirmer sinamasi oʻtkaziladi. Ushbu testga koʻra 5 mm dan past namlanish quruq koʻz uchun diagnostik hisoblanadi. Davolash Quruq koʻz sindromini turli xil yoʻllar bilan davolash mumkin. Bular quyidagilarni oʻz ichiga oladi: omillarni yoʻq qilish (uni yomonlashtiradigan narsalar), koʻz yoshini stimulyatsiya qilish va toʻldirish, koʻz yoshini ushlab turilishini koʻpaytirish, qovoqlarni tozalash, kechasi pastki qovoq uchun gellar qoʻyish va koʻz yalligʻlanishini davolash. Keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish Koʻzning quruqlashi tutunli muhit, chang va konditsioner taʼsirida va diqqatni jamlaganimizda koʻzni pirpiratish tezligini pasaytirishga boʻlgan tabiiy moyilligimiz tufayli kuchayishi mumkin . Quruq, tutun va changli muhitlardan himoyalanish kerak. Bunga soch quritgichlar, konditsionerlar yoki ventilyatorlardan, ayniqsa bu qurilmalar koʻzlarga toʻgʻridan toʻgʻri qaratilgan boʻlsa, kamroq foydalanish. Koʻzoynak taqish koʻzlarni himoya qilish uchun samarali boʻlishi mumkin. Xona havosini namlovchi qurilmalardan foydalanish, ayniqsa qishda, orqali kelib chiqishini oldini olish mumkin.

Manbalar

Turkum:Oftalmologiya Turkum:Koʻz kasalliklari Turkum:Alfavit boʻyicha kasallanishlar