Natasha Alam (ruscha: Natalya Anatolevna Shimanchuk; asl ismi: Natalia Anatolievna Shimanchuk, 1973-yil 10-martda tugʻilgan) – asli kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan, amerikalik aktrisa va model boʻlib, „True Blood“ serialida bosh rolni ijro etgani hamda Maxim va Playboy jurnallarining modeli boʻlgani bilan mashhurlikka erishgan.

Hayoti Natasha Alam 1973-yil 10-martda O‘zbekiston SSRning Toshkent shahrida rus oilasida tugʻilib oʻsgan. U maktabda oʻqib yurgan paytlarida moda dizayneri boʻlishni xohlab yurgan. Maktabni bitirganidan soʻng esa Toshkent davlat texnika universitetining aviatsiya yoʻnalishiga oʻqishga kirgan. Maktabda oʻqiyotgan vaqtida moda tadbirlarida ham modellik qila boshlagan va oxir-oqibat Moskvaga koʻchib oʻtib, u yerda moda agentligi bilan shartnoma imzolagan. Keyinchalik italiyalik modellik agentligi u bilan shartnoma imzolagan va Natasha Italiyaga koʻchib oʻtgan.

Faoliyati Uning dastlabki aktyorlik roli 2002-yilda „Fastlane“ telekoʻrsatuvida boʻlgan. U „CSI“, „NYPD Blue“, „Nip/Tuck“, „The Unit“, „Entourage“ va „American Heiress“ kabi telekoʻrsatuvlarda ham chiqish qilgan. Shuningdek, u 2004-yildan 2007-yilgacha namoyish etilgan „The Bold and the Beautiful“ serialida Forrester modeli Ava rolini ijro etgan. U suratga tushgan filmlar orasida 2007-yilda premyerasi boʻlib oʻtgan „Sadow Dolls“ filmi hamda 2008-yilda namoyish etilgan „The Women“ komediyasi ham mavjud .

2010-yilda u „True Blood“ serialining uchinchi mavsumida Estoniyaning Fangtasia shahridan boʻlgan ekzotik raqqosa Yvetta rolini oʻynagan. Oʻsha yilning iyul oyida u Playboy jurnalining muqovasi va rasmli reportajida tasvirlangan. Keyingi yili esa Joe Reitman bilan bezorilik harakatlariga qarshi film suratga olgan va oʻsha yilning 27-avgustida Playboy Mansion qasrida oʻtkazilgan „Rock the Mansion“ nomli moda koʻrgazmasida ishtirok etgan. Ushbu tadbir bezorilikka qarshi kurash olib boruvchi kampaniya tomonidan tashkil etilgan.

Shaxsiy hayoti Bir muncha vaqt Italiyada yashab yurganidan soʻng, Alam Eron shahzodasi Amir Ebrahim Pahlavi Alam bilan uchrashishib yurishni boshlagan va u bilan Nyu-York shahriga koʻchib oʻtgan. Juftlik oradan biroz vaqt oʻtgach ajralishgan, keyin esa yana birlashib, 1998-yilda turmush qurishgan. Ular turmush qurishganidan soʻng Londonga koʻchib oʻtishgan va Natasha u yerda aktyorlik saboqlarini ola boshlagan. Alam 2001-yilda aktrisalik qilishni xohlagani uchun Los-Anjelesga ketib qolganini aytgan. 2001-yilda eri ham uning yoniga borgan, lekin ular 2004-yilda ajrashishga qaror qilishgan. Natasha 2009-yilda qiz farzandini dunyoga keltirgan. Valentina ismli qizining otasi Joe Campana boʻlgan.

Filmografiyasi Filmlari Yil Film Rol Izoh 2006-yil Spy Games: The Black Wolf Hunt Tanya Telefilm (ruscha) 2006-yil Shadow Puppets Amber 2008-yil In Twilightʼs Shadow Carlisle Qisqa metrajli film 2008-yil The Women Natasha 2009-yil War Wolves Erika Moore 2009-yil No Cell Phones Allowed Julia Qisqa metrajli film 2010-yil The Black Belle Belle Gunness 2010-yil Bring Me the Head of Lance Henriksen Natasha 2011-yil Guy Suave: Homicidal Spy Wetsy Swolleninski Telefilm 2013-yil Huff Laci 2014-yil Dead Sea Skipper 2015-yil An Act of War Ivana 2015-yil Risk for Honor 2016-yil The Code of Cain Sara Ogden 2016-yil Bunker: Project 12 Irina 2018-yil Beverly Hills Bandits Francine Reed 2020-yil Aladdin Karma  – The Pharm Nikita Aniq emas – Social Distancing Natalie Rose Aniq emas

Teleseriallari Yil Teleserial Rol Izoh 2002-yil Fastlane Katiya Federov 1-mavsum, 3-qism: „Gone Native“ 2003-yil Just Shoot Me! Hellena 7-mavsum, 22-qism: „Evaluate This!“ 2004-2007-yillar The Bold and the Beautiful Ava 2005-yil CSI: Crime Scene Investigation Svetlana Melton 5-mavsum, 13-qism: „Nesting Dolls“ 2005-yil NYPD Blue Elena 12-mavsum, 19-qism: „Bale to the Chief“ 2005-yil Less than Perfect Daniella 3-mavsum, 19-qism: „Claudeʼs Extreme Makeover“ 2005-yil Wanted Inez 1-mavsum, 2-qism: „The Wild Bunch“ 2006-yil Nip/Tuck Analise 4-mavsum, 4-qism: „Shari Noble“ 2007-yil The Unit Rus qiz 2-mavsum 21-qism: „Bedfellows“ 2007-yil Entourage Anika 4-mavsum, 4-qism: „Sorry, Harvey“ 2007-yil American Heiress Piyonista qiz 2008-yil My Own Worst Enemy Styuardessa 1-mavsum 5-qism: „The Night Train to Moscow“ 2010-yil Important Things with Demetri Martin Natasha 2010-yil True Blood Yvetta 2012-yil Resident Evil 6 Helena Harper 2013-yil Body of Proof Tatyana 3-mavsum, 6-qism: „Fallen Angel“ 2013-yil NCIS: Los Angeles Veronica Pisconov 2016-yil Itʼs Always Sunny in Philadelphia Tatiana 11-mavsum, 3-qism: „The Gang Hits the Slopes“

Manbalar

Havolalar

Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Amerika film aktrisalari Turkum:Amerikalik ayol modellar Turkum:Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar