Paul van Haver (1985-yil 12-martda tugʻilgan), Stromae (fr), – belgiyalik qoʻshiqchi, repper, qoʻshiq muallifi va prodyuser. U asosan hip hop va elektron musiqa aralashtirilgan musiqa uslubi bilan tanilgan. Stromae 2009-yilda Yevropaning bir qancha mamlakatlarida birinchi oʻrinni egallagan „Alors on danse“ qoʻshigʻi (Cheese albomidan) bilan keng jamoatchilik eʼtiboriga tushdi. 2013-yilda uning ikkinchi albomi Racine carrée katta tijoriy muvaffaqiyatiga erishdi, albom Fransiyada ikki million nusxada sotildi, shuningdek „Papaoutai“ va „Formidable“ qoʻshiqlari koʻplab chartlarda birinchi oʻrinni egalladi.
Diskografiyasi Studiya albomlari Cheese (2010) Racine carrée (2013) Multitude (2022)
Manbalar
Havolalar
Scott Sayare, „Stromae: Disillusion, With a Dance Beat“, The New York Times, 14 October 2013.
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Reperlar Turkum:Shaxsiyatlar Turkum:Musiqachilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar