„Kachayte“ () — 2024-yilda Jahongir Otajonov tomonidan ijro etilgan va omma orasida turli xil tanqidlarga uchragan qoʻshiq.
Tarixi Jahongir Otajonov qoʻshiq matnini Yuliya Morozovaning Youtube kanalida koʻrib qoladi. Qoʻshiq musiqasi Behzod Aytboyev tomonidan oʻzbekcha musiqiy ladda yozilgan. Matni esa rus tilida boʻlib, uning muallifi Galina Barskaya () hisoblanadi va unda oʻz tanasini sunʼiy tarzda oʻzgartirayotgan ayollar, hozirgi yoshlar orasida tarqalgan „yot gʻoyalar“ hamda ularning tashqi koʻrinishlari tanqid ostiga olinadi. Xonandaning oʻzi esa bu qoʻshiq haqida quyidagilarni aytgan:
Musiqiy klip Qoʻshiq va musiqiy klip gʻoyasi Otajonovning oʻziga tegishli boʻlib, musiqiy klip Doniyor Abdurahmonov tomonidan tasvirga olingan. Keyinchalik ushbu matn asosida boshqa qoʻshiqlar ham aytilgan.
Tanqidlar va eʼtiroflar Ozodlik radiosining „Ozod Nazar“ koʻrsatuvida „bu qoʻshiq „instaoyim“ yoki „instaniso“larga qaratilgan“ deb eʼtirof etilgan. Boshqalar tomonidan Jahongir Otajonovning ayollar obraziga kirishi va „yasama tana aʼzolarini silkitishi“ kabi qiliqlari qoralangan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2024-yil qoʻshiqlari Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Jahongir Otajonov qoʻshiqlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar