Jabborov Nuriddin Muhiddinovich — oʻzbek iqtisodchisi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi V chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi. Hayoti Nuriddin Jabborov 1979-yilda Buxoro viloyati, Buxoro tumanida tug‘ilgan. 2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini buxgalteriya hisobi va moliya ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1998-yilda Buxoro tumani hokimligi bo‘lim hisobchisi lavozimidan boshlagan. 2001-2010-yillarda Buxoro viloyati hokimligi moliya boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i - bosh hisobchisi, 2012-2017-yillarda esa Buxoro viloyati G‘aznachilik boshqarmasi boshligʻi sifatida ishlagan. 2021-2023-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan. 2023-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan. Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining V chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar