Enrique Omar Sívori (1935-yil 2-oktabr – 2005-yil 17-fevral) – argentinalik va italiyalik professional futbolchi va hujumchi sifatida oʻynagan. Murabbiylik faoliyati davomida Argentina va Italiya jamoalarida ishlagan.

Omar klublar darajasida 1950-yillarning oxiri va 1960-yillarning boshlarida Italiyaning „Juventus“ jamoasi tarkibidagi muvaffaqiyatli oʻyinlari bilan tanilgan. Sívori Turin jamoasida boshqa sovrinlar qatorida uchta A Seriya chempionligini qoʻlga kiritgan. Sívori shuningdek, Argentinaning „River Pleyt“ va Italiyaning „Napoli“ klublarida ham oʻynagan.

1956-yilda Argentina terma jamoasi safida debyutini oʻtkazgan va terma jamoa tarkibida 1957-yilda Janubiy Amerika chempionatida gʻolib boʻlgan. Keyinchalik Omar oʻz faoliyatini Italiyada davom ettirgan va Italiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Italiya jamoasi tarkibida 1962-yilgi jahon chempionatida qatnashgan. Futbolchi sifatida faoliyatini yakunlagach, Argentinada bir qancha jamoalarni boshqargan.

Oʻz avlodining eng buyuk oʻyinchilaridan biri va barcha davrlarning eng buyuk futbolchilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan Sivori oʻzining ajoyib mahorati, tezligi, gol urish qobiliyati, texnikasi, kreativligi bilan tanilgan va uning futbolchilik isteʼdodi koʻpchilik tomonidan eʼtirof etilgan. U 1957-yilda Janubiy Amerika chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritgan va 1961-yilda Yevropaning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdi. Sivori oʻz faoliyatida 432 ta gol urgan.

Murabbiylik faoliyati thumb|Sivori „Rosario Central“ bosh murabbiyi sifatida (1969–1970) Sivori 1969-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Garchi u vatani Argentinada badavlat odam sifatida nafaqaga chiqqan boʻlsa-da, uning futbolga boʻlgan muhabbati murabbiylik faoliyati orqalik futbolda faoliyatini davom ettirishga qaror qilgan. Omar „River Pleyt“, „Rosario Sentral“, „Estudiantes de La Plata“, „Rasing klubi“ va „Veles Sarsfild“ klublariga murabbiylik qilgan.

1972-yildan 1974-yilgacha Sivori Argentina terma jamoasini boshqargan va jamoa uning boshqaruvida 1974-yilgi FIFA Jahon chempionatiga yoʻllanma olgan. Sivori Argentina terma jamoasi tarkibida oʻynashi uchun darvozabon Ubaldo Fillolni chaqirgan birinchi murabbiy edi. Fillol keyinchalik, Argentina tarixidagi eng hurmatga sazovor posbonlardan biriga aylangan. Shundan soʻng Sivori „Juventus“ning Janubiy Amerikadagi skauti sifatida faoliyat olib borgan. 1983-yilda u Milliy futbol ligasida ishtirok etgan „Toronto Italia“ jamoasida bosh murabbiy boʻlgan.

Keyingi faoliyat 2004-yil mart oyida Sivori Pele tomonidan tan olingan eng yaxshi 125 nafar tirik futbolchidan biri sifatida tanilgan va FIFA 100 roʻyxatining bir qismi sifatida taqdirlangan. Keyingi yili, 2005-yilning fevral oyida Sivori oʻzining tugʻilgan shahri San-Nikolasda 69 yoshida oshqozon osti bezi saratoni tufayli vafot etgan.

Faoliyat statistikasi

Klub +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollarJamoaMavsumLigaKubokXalqaroJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarRiver Plate1954Primera División16816819552311231119562310231019571010Jami63296329Juventus1957–58Serie A322289 -40311958–592415352329231959–603128430035311960–612725121129281961–622513005230151962–633316431138201963–642813214034141964–651531132196Jami2151352324169317168Napoli1965–66Serie A3373371966–672022021967–6872721968–693131Jami63126312Umumiy faoliyat statistikasi3411752324169380208

Xalqaro +Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlar va gollarTerma jamoaYilOʻyinlarGollarArgentina1956136195763Jami199Italiya196158196240Jami98

Hisob va natijalar birinchi boʻlib Argentina va Italiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, Hisob ustuni Sivorining har bir golidan keyingi natija oʻzgarishini koʻrsatadi.

+Omar Sivori tomonidan kiritilgan terma jamoa tarkibidagi gollar roʻyxati№SanaJoyRaqibHisobNatijaMusobaqaArgentina tarkibidagi gollari11956-yil 22-yanvarMontevideo, Urugvay2–11956-yilgi Janubiy Amerika chempionati21956-yil 6-martMexiko shahri, Meksika4–31956-yilgi Panamerika chempionati31956-yil 11-martMexiko shahri, Meksika3–01956-yilgi Panamerika chempionati41956-yil 18-martMexiko shahri, Meksika2–21956-yilgi Panamerika chempionati51957-yil 17-martLima, Peru3–01957-yilgi Janubiy Amerika chempionati61957-yil 28-martLima, Peru6–21957-yilgi Janubiy Amerika chempionati71957-yil 6-aprelLima, Peru1–21957-yilgi Janubiy Amerika chempionatiItaliya tarkibidagi gollari11961-yil 25-aprelBologna, Italiya3–2Oʻrtoqlik21961-yil 24-mayRim, Italiya2–3Oʻrtoqlik31961-yil 15-iyunFlorensiya, Italiya4–1Oʻrtoqlik41961-yil 4-noyabrTurin, Italiya6–0FIFA Jahon chempionati 1962 saralashi

Yutuqlar thumb|Sivori 1961-yilgi „Oltin toʻp“ni qabul qilib olmoqda. River Pleyt Birinchi divizion: 1955, 1956, 1957

Yuventus

A seriya gʻolibi: 1957–58, 1959–60, 1960–61 Italiya kubogi gʻolibi: 1958–59, 1959–60, 1964–65 Shaharlararo yarmarka kubogi sovrindori: 1964–65 Alp kubogi gʻolibi: 1963-yil

Neapol

Alp kubogi gʻolibi: 1966-yil A Seriya ikkinchi oʻrni: 1967–68

Argentina

Janubiy Amerika chempionati gʻolibi: 1957-yil Panamerika chempionatining ikkinchi sovrindori: 1956-yil Copa Raul Colombo (oʻrtoqlik uchrashuvi): 1956

Individual

Panamerika chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 1956-yil Janubiy Amerika chempionatining eng yaxshi futbolchisi: 1957-yil A seriya oltin butsa sohibi: 1959–60 Oltin toʻp sohibi: 1961 FIFA 100: 2004 IFFHS Argentina All Times Dream Team (B jamoasi): 2021

Iqtibos

Giampiero Boniperti: „U bilan birga oʻynash juda qiziqarli edi. Charlz asosiy hujumdagi qoʻriqlanadigan odam edi, Omar esa himoyachilarni qiyin ahvolga solib qoʻyish uchun boʻsh joydan foydalangan. U oʻzini koʻrsatish uchun toʻpigʻiga hech qanday himoyasiz paypoq kiyib oʻynagan“ Himoyachilardan qoʻrqmasdi, u aql bovar qilmaydigan gʻalaba ishtiyoqiga ega edi. John Charles: „Sivori bilan hujumdagi ishtirokimiz bu klassik katta odam va kichik odam hamkorligi edi. Sivori juda katta mahoratga ega edi va u kabi yaxshi oʻyinchi bilan oʻynash quvonchli edi.“ Marcello Lippi: "Qachonki biz „Juventus“ haqida gapiradigan boʻlsak, uning koʻzlari quvnab ketar edi". Humberto Maschio: „Omar ajoyib edi. Tezlik va har qanday daqiqada hayratga solish qobiliyatiga ega boʻlgan birinchi toifali dribling ustasi boʻlgan“. Roberto Bettega: „Omar men uchun katta akamdek edi. Bolaligimda u mening kumirim boʻlgan va birgalik bitta jamoada oʻynaganimizdan soʻng biz yaqin doʻst boʻlib qoldik. U futbol tarixidagi eng yaxshi oʻyinchilardan biri edi“. Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Juventus FC futbolchilari Turkum:SSC Napoli futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Italiya erkaklar terma jamoasi futbolchilari Turkum:1962-yilgi FIFA Jahon chempionati oʻyinchilari Turkum:Argentinalik futbol murabbiylar Turkum:Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Argentina milliy futbol terma jamoasi murabbiylari Turkum:Oltin toʻp sohiblari Turkum:FIFA 100 Turkum:Ikki mamlakat terma jamoasida oʻynagan futbolchilar (erkaklar futboli)