Oraziy (taxallusi; asl ismi: Alixon Mullaoxun oʻgʻli; 1867-yil, Namangan — 1942-yil) — shoir, oʻqituvchi va kotib.

Hayoti Alixon Mullaoxun oʻgʻli Oraziy 1867-yilda Namanganda dindor oilada tugʻilgan. Dastab rus-tuzem maktabida, soʻng madrasada tahsil olgan. Maktabda oʻqituvchilik, jamoat tashkilotlarida kotib boʻlib faoliyat yuritgan. Hayratiy, Zavqiy, Muqimiy va Furqat kabi shoirlar izidan yurib sheʼrlar yozgan. Uning gʻazal, muxammas, murabba va ruboiylari Fargʻona vodiysidagi roʻznomalarda muntazam nashr etilgan. Oraziyning „Oʻqi“, „Ilm“ va „Roʻzgʻor oynasi“ nomli sheʼrlarida ilm-maʼrifat, hurriyat va kasb-hunar mavzulari targʻib etilgan. Shoir 1942-yilda vafot etgan. Oʻzbekiston badiiy adabiyot nashriyoti 1959-yilda Oraziyning tanlangan asarlarini nashr etgan.

Abadiyotlar

Manbalar

Havolalar

Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Oʻqituvchilar Turkum:1867-yilda tugʻilganlar Turkum:1942-yilda vafot etganlar Turkum:Namanganda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar