Márcio Nuno Ornelas Abreu (1980-yil 25-aprel,Funshal, Portugaliya) – portugaliyalik sobiq professional futbolchi. Faoliyati davomida hujumchi pozitsiyasida toʻp surgan.
Futbolchilik faoliyati Abreu 1989-yilda oʻzi tugʻilgan shaharning CS Maritimo klubiga kelgandan soʻng, klubning barcha yosh toifasidagi jamoalari tarkibida maydonga tushdi. Abreu asosiy tarkib va zaxira oʻyinchilari tarkibida boʻldi. 2004-yilda Abreu klubni tark etdi va Madeira shahrining yonida joylashgan A. D. Camachaga, Marítimo B klublari bilan uchinchi divizionda oʻynadi.
Abreu 2007-yilning yozida Bolgariyaning PSFC Chernomorets Burgas klubi bilan shartnoma imzoladi va uch yarim mavsumlik faoliyati davomida asosiy tarkibda oʻynadi. 2011-yil fevral oyida Abreu Rossiyaning Premer-ligasiga yangi koʻtarilgan Krasnodar futbol klubiga oʻtkazildi.
2011-yil 6-fevralda Abreu oʻzining yangi klubi uchun ilk bor maydonga tushdi va Ukrainaning Tavriya Simferopol klubiga qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvning dastlabki 72 daqiqasida maydonda toʻp surdi (oʻyin 2:2 hisobida yakunlandi). Uning birinchi rasmiy oʻyini bir oydan keyin, Rossiya kubogi doirasida Amkar Perm klubiga qarshi boʻlib oʻtdi (120 daqiqa maydonida boʻldi, 1:0 hisobida gʻalaba qozonildi). Chempionatdagi debyutini esa olti kundan soʻng, Anzhi Maxachkala klubi bilan durang (0:0) natija qayd etilgan oʻyinda oʻtkazdi.
2011-yil 10-iyunda Abreu Krasnodar safida oʻzining ilk golini Rostov klubiga qarshi safardagi oʻyinda (3:1 hisobida gʻalaba) kiritdi. Abreu 2013—2014 mavsumi oxirida jamoani tark etdi va koʻp oʻtmay Moskva shahridagi Torpedo futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Biroq, oilaviy sabablarga koʻra, futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Ikki yillik tanaffusdan soʻng, 36 yoshli Abreu uchinchi ligada qolayotgan sobiq klubi Camachaga qaytib, yana futbol oʻynashni boshladi.
Manbalar
Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari
Turkum:Torpedo Moskva klubi futbolchilari Turkum:FC Krasnodar futbolchilari
Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Segunda Divisão oʻyinchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Portugaliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Bolgariyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Sportchilar