Kennet Brylle Larsen (1959-yil 22-may, Kopengagen, Daniya) — daniyalik sobiq professional futbolchi. Brylle Daniya milliy terma jamoasi tarkibida 16 ta oʻyinda ishtirok etib, ikkita gol kiritgan hamda 1984-yilgi Yevropa chempionatida Daniya milliy terma jamoasi safida toʻp surgan.
Tarjimai holi Kopengagenda tugʻilgan Brylle mahalliy Frederiksberg Boldklub (FB) klubida futbolchilik faoliyatini boshlagan. Brylle Daniyaning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi Hvidovre IF klubi tarkibida oʻynab, 1978-yilgi mavsumda klub bilan birga yuqori ligaga – Daniyaning 1-divizioniga koʻtarilgan. 1979-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Brylle 1-diviziondagi Vejle Boldklubga oʻtgan. Brylle Belgiyaning R.S.C. Anderlecht klubida professional futbolchilik faoliyatini boshlashidan oldin, u 26 ta liga oʻyinida maydonga tushgan va 18 ta gol urgan. Brylle Anderlechtda besh yil qolib, 1983-yilda UEFA kubogini qoʻlga kiritishga hissa qoʻshgan va finaldagi oʻyinida yagona golni urgan.
Brylle 1984-yilda Gollandiyaning PSV Eindhovenga, 1985-yilda esa Fransiyaning Olympique de Marseille klubiga oʻtgan. 1986-yilda Belgiyaga qaytib, Brugge klubida oʻynay boshladi. Brylle Brugge safida jami 101 ta oʻyin oʻtkazib, 49 ta gol urdi hamda ushbu klub bilan 1988-yilda Yupiler ligasi chempionligini qoʻlga kiritdi. Keyinchalik Brylle Belgiyaning K. Beerschot V.A.C, Lierse S.K. va Knokke klublarida oʻz faoliyatini davom ettirdi.
Brylle FIFA tomonidan tasdiqlangan murabbiy boʻlib, Belgiyaning quyi liga jamoalari – Knokke, KV Oostende, Eendracht Aalter, White Star Lauwe va Wielsbeke kabi klublarga murabbiylik qildi. Keyinchalik, 2009-yil 1-yanvardan 2010-yil 31-dekabrgacha Daniyaning Hvidovre IF klubini boshqardi. Brylle oʻz fuqaroligini Belgiya fuqaroligiga oʻzgartirdi.
Yutuqlari
Futbolchi
RSC Anderlecht
Belgiya birinchi diviziyasi: 1980—1981 UEFA kubogi: 1982—1983 (gʻoliblar), 1983—1984 (2-oʻrin) Jules Pappaert kubok: 1983
Club Brugge
Belgiya birinchi diviziyasi: 1987—1988 Belgiya Super kubogi: 1986, 1988
Olympique Marseille
Fransiya kubogi: 1985—1986 (2-oʻrin)
Shaxsiy
UEFA kubogi eng yaxshi toʻpurari: 1987—1988 (6 gol)
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Daniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Club Brugge KV futbolchilari Turkum:Olympique de Marseille klubi futbolchilari Turkum:PSV Eindhoven futbolchilari Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Daniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar