Adylbek Aleshovich Qosimaliyev (; 1960-yil 1-dekabrda, Issiqkoʻl viloyati, Tup tumani, Dolon qishlogʻida tugʻilgan) – qirgʻizistonlik davlat va siyosat arbobi. 2024-yil 16-dekabrdan 18-dekabrgacha Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi vazifasini bajaruvchi lavozimda ishlagan. 2024-yil 18-dekabrdan boshlab ushbu lavozimga toʻliq tayinlangan.
Biografiya 1960-yil 1-dekabrda Issiqkoʻl viloyati, Tup tumani, Dolon qishlogʻida tugʻilgan.
1984-yilda Leningrad moliya-iqtisodiyot institutini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1984—1988-yillarda – Qirgʻiziston SSR Davlat reja qoʻmitasining Iqtisodiyot va rejalashtirishning iqtisodiy-matematik usullari ilmiy-tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim.
1988—1990-yillarda – yoʻl-qurilish batalonining moliyaviy xizmati boshligʻi.
1990—1993-yillarda – Bishkekning Oktyabr tumani boʻyicha Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻining oʻrinbosari.
1993—1994-yillarda – Bishkek shahrining Oktyabr tumani boʻyicha Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.
1994—1995-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat soliq inspektsiyasi boʻlimi boshligʻi.
1995—1996-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat soliq inspektsiyasining 2-sonli boʻlim boshligʻi, tashqi nazorat boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari.
1996—1997-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligining soliq siyosati va daromadlarni prognozlash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
1997—1998-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligining soliq siyosati va qonunchilik standartlari boshqarmasi boshligʻi.
1998—2000-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligining soliq siyosati va daromadlarni prognozlash boshqarmasi boshligʻi.
2000—2001-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligining soliq va bojxona siyosati boshqarmasi boshligʻi.
2001—2002-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligi fiskal siyosat boshqarmasi boshligʻi.
2002-yilda – Qirgʻiziston Respublikasi Ijtimoiy jamgʻarmasi raisining oʻrinbosari.
2003—2005-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Daromadlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari.
2005—2007-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi hukumati huzuridagi Davlat soliq inspektsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari.
2007—2009-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi soliqlar va yigʻimlar davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.
2009—2010-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi hukumati huzuridagi Davlat soliq xizmati raisining oʻrinbosari.
2010—2011-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi hukumati huzuridagi Davlat soliq xizmati raisi.
2011—2012-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Iqtisodiy tartibga solish vazirligida vazir oʻrinbosari.
2012—2015-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida vazir oʻrinbosari.
2015—2018-yillarda – Qirgʻiziston Respublikasi moliya vaziri.
2019—2020-yillarda – „Hududlarni rivojlantirish ijtimoiy sheriklik jamgʻarmasi“ jamoat fondi direktori.
2020—2021-yillarda – „Hududlarni rivojlantirish ijtimoiy sheriklik jamgʻarmasi“ jamoat fondi raisi.
2021—2022-yillarda – Vengriya—Qirgʻiziston taraqqiyot jamgʻarmasi boshqaruvi aʼzosi.
2021-yil 14-maydan 2022-yilgacha – Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari.
2022-yil 15-iyundan – Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi.
2022-yil 17-iyundan 2024-yil 16-dekabrgacha – Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari.
2024-yil 16-dekabrdan – Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi vazifasini bajaruvchi – Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari.
2024-yil 18-dekabrdan – Qirgʻiziston Respublikasi Bosh vaziri.
Manbalar
Turkum:1-dekabrda tugʻilganlar Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Issiqkoʻl viloyati kishilari Turkum: Qirgʻiziston moliya vazirlari Turkum:Qirgʻiziston Bosh vazirlari Turkum:Qirgʻiziston siyosatchilari Turkum:Sankt-Peterburg iqtisodiyot va moliya universiteti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar