The Kiss of Death (; ), shuningdek, The Last Kiss (; ) nomi bilan ham tanilgan, muallifi nomaʼlum boʻlgan oq-qora suratdir. U 1957-yilning 12-mayida olingan. Suratda shimoliy Italiyada 1957-yilda boʻlib oʻtgan Mille Miglia poygasining pit-stop jarayonida Linda Christianning Alfonso de Portagoni oʻpgan lahzasi tasvirlangan. Ushbu boʻsadan bir necha soniya oʻtgach, Portago 240 km/soat (150 milya/soat) tezlikda ketayotganida, avtomobilining shinasi yorilib ketishi natijasida Guidizzolo shahrida halok boʻlgan. Yillar davomida oʻpishuv jarayonini aks ettirgan ushbu surat dunyodagi eng mashhur fotosuratlardan biriga aylangan. Shuningdek, u yoshlarning jasorati va ehtirosining ham ramzi hisoblanandi.
Fotosuratda aktrisa Linda Christian (nuqtali koʻylak kiygan va roʻmol oʻragan) tasvirlangan. U Formula 1 poygachisi Alfonso de Portagoni (1950-yillarning poyga kiyimi – oq dubulgʻa, koʻzoynak va charm kurtka kiygan) oʻpish uchun egilib turibdi. Tomoshabinlar olomonining quvonch bilan qarayotgan koʻzlari suratda aks etgan boʻlib, jurnalistlar ushbu manzarani kameralarida abadiylashtirishadi. Ushbu surat Italiyada mashhur boʻlib ketadi va „Il Bacio della Morte“ („Oʻlim boʻsasi“) deb nomlandi. Bunga sabab, Alfonso de Portago ushbu surat olingandan koʻp oʻtmay halok boʻlganidir. Surat poygadan keyingi kunlarda koʻplab gazetalarda ham chop etildi. Life jurnali esa 27-may kuni chiqarilgan sonida uni „Oʻlim nihoyat uni qoʻlga kiritdi“ sarlavhasi ostida nashr etib, suratning yanada koʻproq mashhurlikka erishishiga hissa qoʻshdi.
Keyingi intervyularida Linda Christian bu lahzani xuddi oldindan sezgandek boʻlganini aytib oʻtgan:
Bu rasm Bettmann arxivining bir qismi boʻlib, u gʻarbiy Pensilvaniyada joylashgan Temir togʻ milliy yer osti saqlash inshootida saqlanadi. Mazkur inshoot yer sathidan 67 metr (220 fut) chuqurlikda joylashgan boʻlib, ilgari ohaktosh karyeri boʻlgan.
Yana qarang The Kiss
Manbalar
Turkum:1957-yil san’atda Turkum:Oq-qora fotosuratlar Turkum:Italiyada fotografiya Turkum:1950-yillar fotosuratlari