thumb|"Hortus Musicus" ansambli Ansambl ( – birga) – maʼlum vokal yoki cholgʻu musiqa asarlarining bir necha ijrochilar tomonidan birga ijro etilishi; bir guruh artistlarni bir butun badiiy jamoa holda chiqishi; unchalik katta boʻlmagan sozanda va ashulachilarning kichikroq toʻdasiga moʻljallangan musiqa asari.
Turlari Opera, oratoriya va kantatalarda ham ansambl boʻladi. Ijrochilar soniga qarab ansambllar duet (2 kishi), trio yoki terset (3 kishi), kvartet (4 kishi), kvintet (5 kishi), sekstet (6 kishi), septet (7 kishi), oktet (8 kishi), nonet (9 kishi) va hokazolarga boʻlinadi.
Ushbu atama yaxshi tashkil qilingan va yuksak darajada ijro etadigan badiiy jamoalarga nisbatan ham qoʻllanadi. Masalan, M. Turgʻunboyeva nomidagi „Bahor“ Oʻzbek Davlat raqs ansambli va boshqalar.
Yana qarang
Orkestr Xor
Manbalar
Havolalar
.
Turkum:Musiqiy atamalar